Redmond RBM-1908 [31/60] Falari va o ziga xos xususiyatlari

Redmond RBM-1908 [31/60] Falari va o ziga xos xususiyatlari
31
UZB
RBM-1908
kerak. Asosiy masalliqlarni retseptda korsatilgan ketma-ketlikda non pishirish uchun
shaklga joylashtiring.
3.
Uni soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda biroz buragan holda pishirish uchun shaklni
ehtiyotlik bilan nonpishirgichning qizdirish kamerasiga joylashtiring. Shakl uzatmali val
bilan bir tekis, nuqsonlarsiz birlashishi kerak. Shaklni tiqillagan tovush chiqqinucha soat
strelkasi yonalishida buragan holda qotiring. Ko’rish oynasi bo’lgan qopqoqchani yoping.
Avval shaklga suyuq masalliqlar (suv, sut) va/yoki tuxumni joylashtiring. Suv xona haroratida
bo’lishi kerak, chunki suvning o’ta yuqori harorati xamirning ko’tarilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtidan foydalanganda faqat quruq sutdan foydalaning, aks
holda sut tayyorlash vaqtigacha aynib qolishi mumkin.
Achitqi yoki yumshatgichni eng oxirida qo’shing. Bu masalliqlar suyuqlikka tegmasligi kerak,
aks holda achitish xaddan tashqari erta boshlanadi: natijada dag’al, qattiq va qo’pol non hosil
bo’ladi. Xamirturish tuzga ham tegmasligi kerak. Un uyumida chuqurcha hosil qilish va unga
xamirturish yoki yumshatgichni joylashtirish tavsiya qilinadi.
4. Non pishirgichni elektr tarmog’iga ulang. Jihoz tovushli signal beradi va kutish rejimiga o’tadi:
displeyda dastur raqami (standart bo’yicha — 1) va uning ishlash vaqti namoyish qilinadi.
5.
«Меню» tugmachasi yordamida tayyorlash dasturini tanlang, uning raqami displeyda
paydo bo’ladi.
6. Zarur bo’lgan hollarda tayyorlash vaqtini o’zgartiring yoki ishga tushirishni kechiktirish
vaqtini o’rnating.
Tayyorlash vaqtini o’zgartirish mumkin bo’lgan dasturdan foydalanilgan hollarda vaqt qiymati
o’rnatilgandan keyingi «Старт/Стоп» tugmachasining birinchi bosilishi kiritilgan qiymatlarning
tasdiqlanishiga olib keladi. «Старт/Стоп» tugmachasini qayta bosilishi dasturni ishga tushiradi.
7.
«Вес» tugmachasi yordamida tayyor pishiriq vaznini o’rnating. Retseptlar kitobidagi
korsatmalar va jomdagi masalliqlar miqdoriga asoslaning. Pishiriq vazni indikatori
displeyning yuqori qismiga kochiriladi. Mahsulot vaznini tanlash imkoniyati barcha
dasturlarda ham ko’zda tutilmagan.
8. Mahsulot ust qoplamasining istalgan tusini (och, ortacha, toq) tanlash uchun «Корочка»
tugmachasini bosing. Ust qoplama rangi indikatori displeyning yuqori qismiga kochiriladi.
Standart holat uchun «Средняя» qiymatga ornatilgan. Ust qoplama rangini tanlash
imkoniyati barcha dasturlarda ham ko’zda tutilmagan.
9.
«Старт/Стоп» tugmachasini bosing. Taymer tayyorlash vaqtining teskari hisobini boshlaydi.
10. Qorishning dastlabki 5 daqiqasi davomida xamirning tashqi korinishini kuzatib turing.
Undan doirasimon tekis guvala hosil bo’lishi kerak. Agar guvala hosil bo’lmasa, masalliqlar
bir tekis aralashtirilmagan bo’ladi.
Sozlanmalarni bekor qilmagan holda dastur bajarilishini vaqtinchalik to’xtatish uchun «Старт/
Стоп» tugmachasini bosing. Displeyda vaqt qiymati miltillay boshlaydi. Dasturning ishlashini
davom ettirish uchun «Старт/Стоп» tugmachasini qayta bosing.
Nonpishirgich qopqog’ini faqat qorish vaqtidagina ochish mumkin (ishlayotgan motor tovushi
eshitiladi). Xamir ko’tarilayotgan yoki pishirish vaqtida qopqoqni ochish tayyor mahsulot
sifatining pasayishiga olib keladi.
11. Tayyorlash dasturining yakunlanganligi tog’risida tovushli signal beriladi. Shundan keyin
tanlangan dasturga bog’liq ravishda jihoz avtomatik ravishda avtomatik isitish rejimiga
yoki kutish rejimiga o’tadi.
12. Dasturning ishlashi yoki avtomatik isitish rejimini to’xtatib qo’yish uchun «Старт/Стоп»
tugmachasini bosing va ushlab turing.
13. Tayyorlash yakunlanishi bilan nonpishirgichni elektr tarmog’idan uzing.
Tayyor nonni chiqarib olish
1.
Jihoz qopqog’ini oching. Oshxona qo’lqoplaridan foydalangan holda pishiriq uchun
shaklning dastasidan ushlang va uni soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda burang,
keyin qizdirish kamerasidan chiqarib oling.
DIQQAT! Tayyorlash jarayoni tugagan vaqtda non, shakl va qizdirish kamerasining juda issiq
bo’lishini yodda tuting! Ehtiyot bo’ling, kuyishning oldini olish uchun oshxona qo’lqoplaridan
foydalaning! Nonli issiq shaklni dasturxon, plastik yoki boshqa issiqqa chidamsiz, yonib yoki
erib ketishi mumkin bo’lgan sirtlarga qo’ymang!
2.
Pishirish uchun shaklni teskarisiga ag’daring va tayyor nonni shakldan chiqarib oling, uni
panjara yoki idish ustiga qo’ying. Non sovushi uchun 20 daqiqa kuting.
3. Pishiriq uchun shakl va jihoz sovuganidan keyin «Tozalash va qarov» bo’limiga muvoq
tarzda ularni tozalashni amalga oshiring.
Non pishirgichning tuzilishi pishiriq jomdan chiqarib olingandan keyin aralashtirish uchun kurakning
shakl uchidagi valda qolishi kerakligini ko’zda tutadi. Agar bu sodir bo’lmasa va u nonda qolsa, bu nuqson
hisoblanmaydi. Kurakchani majmua to’plamiga kiruvchi maxsus ilmoq yordamida chiqarib oling.
III. AVTOMATIK TAYYORLASH DASTURLARINING VAZI-
FALARI VA OZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1. «КЛАССИЧЕСКИЙ ХЛЕБ» («KLASSIK NON») dasturi
Klassik oq non pishirish uchun foydalaniladi. Dastur xamir qorish, tindirish va non pishirishlarni
o’z ichiga oladi. Mahsulot vazni va ust qoplam rangini tanlash mumkin. Vaqtni qo’lda boshqarib
bo’lmaydi.
2. «ФРАНЦУЗСКИЙ ХЛЕБ» («FRANSUZCHA NON») dasturi
Qarsildoq ust qoplamali yengil fransuzcha non pishirish uchun foydalaniladi. Xamirni uzoq
vaqt qorish va tindirishlarni ko’zda tutadi. Dastur xamir qorish, tindirish va non pishirishlarni
o’z ichiga oladi. Mahsulot vazni va ust qoplam rangini tanlash mumkin. Vaqtni qo’lda boshqarib
bo’lmaydi.
Fransuzcha non tez qotadi, shuning uchun uni bir kundan ortiq vaqt saqlamagan ma’qul.
3. «СДОБА» («YOG’LI SHIRIN BO’LKA») dasturi
Yog’li shirin bo’lka pishirish uchun tavsiya qilinadi. Dastur xamir qorish, tindirish va non
pishirishlarni o’z ichiga oladi. Mahsulot vazni va ust qoplam rangini tanlash mumkin. Vaqtni
qo’lda boshqarib bo’lmaydi.

Содержание

Скачать