Samsung DV90TA040AE [128/174] Xavfsizlikka oid ma lumotlar

Samsung DV90TA040AE [128/174] Xavfsizlikka oid ma lumotlar
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
12
O‘zbek
Barcha buyumlar tez olinmas va issiqlikning tarqalishi uchun yoyilmas ekan, hech
qachon kir quritgichni quritish sikli tugashidan avval to'xtatmang.
Gazolin, kerosin, benzin, suyultirgich, spirt kabi yonuvchi moddalar bilan ioslangan
kirlarni quritmang.
Bu tok urishi, yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Uy hayvonlari mashinani tishlamasin yoki o‘ynamasin.
Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Mashinani chiqitga chiqarishdan oldin uning eshigini va elektr shnurini ajratib
tashlang.
Aks holda elektr shnuriga shikast yetishi yoki tan jarohati olish mumkin.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang.
Bu tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Gaz (tabiiy gaz, propan, siqilgan gaz) sizib chiqish holatlari yuz berganda mashinaga
yoki elektr kabeliga tegmagan holda darhol xonani shamollating.
Bu paytda xonani shamollatish uchun ventilyatorni ishga tushirmang.
Uchqun chiqishi portlash yoki yong‘inga olib kelishi mumkin.
Yo‘riqnomalarda aniq-tiniq ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, mashinaning biror qismini
ta’mirlamang, almashtirmang yoki texnik xizmat ko‘rsatishga urinmang. Bu
mashinaga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli malakaga ega bo‘lishingiz kerak.
Qurilmani o'zingizcha ta'mirlash, qismlarga ajratish yoki o'zgartirishga urinmang.
Standart saqlagichlardan tashqari, boshqa hech qanday saqlagichlardan
(masalan, mis, po'lat sim va hokazolardan) foydalanmang.
Jihozni ta’mirlash yoki qayta o‘rnatish zarur bo‘lsa, yaqinroqdagi xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning
ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Siz xarid qilgan jihoz faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Mahsulotdan tijoriy maqsadlarda foydalanish maqsadga muvoq emas. Bunday
hollarda, mashinaga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi
va bunday noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun
javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
DV5000T_DC68-04209S-00_UZ.indd 12 2020/12/1 11:17:08

Содержание

Скачать