Samsung DV90TA040AE [129/174] Foydalanishga oid ogohlantirishlar

Samsung DV90TA040AE [129/174] Foydalanishga oid ogohlantirishlar
O‘zbek
13
Agar mashina g‘alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr vilkasidan
sug‘uring va xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Bolalar (yoki uy hayvonlari) mashina ichida yoki ustida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang.
Mashina eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida berkilib
qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
Foydalanishga oid ogohlantirishlar
DIQQAT
Qurilmaning ustiga chiqmang yoki qurilma ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar,
yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar)
qo'ymang.
Bu tok urishi, yong'in chiqishi, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki
jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan shisha oynaga yoki bakning
ichiga tegmang, chunki u issiq bo‘ladi.
Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Yuvish va quritish paytida eshik oynasi qiziydi. Shu sababli eshik oynasiga tegmang.
Shuningdek, bolalarning mashina atroda o‘ynashi yoki eshik oynasiga teginishiga
yo‘l qo‘ymang.
Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Sochto'g'nag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Kauchuk (lateks) yoki shunga o‘xshash rezina materialli kirlarni quritmang.
Rezina qiziganida yong‘in chiqarishi mumkin.
O‘simlik yog‘i yoki iste’mol yog‘i bilan ioslangan kiyimlarni quritmang, chunki
yuvilganida moy yaxshi tozalanmaydi. Bundan tashqari, kiyimlar qizib ketmasligi
uchun Sovitish siklidan foydalaning.
Yog‘ oksidlanishi natijasida kelib chiqqan issiqlik yong‘in chiqishiga olib keladi.
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
DV5000T_DC68-04209S-00_UZ.indd 13 2020/12/1 11:17:08

Содержание

Скачать