Samsung DV90TA040AE [130/174] Xavfsizlikka oid ma lumotlar

Samsung DV90TA040AE [130/174] Xavfsizlikka oid ma lumotlar
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
14
O‘zbek
Quritilishi kerak bo‘lgan barcha kiyimlarning cho‘ntaklari bo‘sh ekanligiga ishonch
hosil qiling.
Tanga, to'g'nag'ich, mix, vint yoki tosh singari qattiq, o'tkir buyumlar mashinaga
jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Katta to‘qalari, tugmalari yoki boshqa og‘ir metall buyumlari (sirtma, ilgak va
izmalari, tugmalar qoplamasi) mavjud bo‘lgan kiyimlarni quritmang.
Zarur bo‘lsa, sikl paytida bo‘linib yoki sinib ketishi mumkin bo‘lgan matoli kamar,
fartuk bog‘ichi va simli ko‘krakpechlarni mayda va yengil buyumlar to‘riga soling.
Bu modelda quritgich varaqlarni ishlatish mumkin va yaxshiroq quritish uchun
tavsiya etiladi.
Quritgich varaqlari bundan tashqari quritish vaqtida hosil bo‘lgan statik elektrni
kamaytirishda ham foydasi tegadi. Statik elektr tufayli buyumlar yoki jihozning o‘zi
ham shikastlanishi ehtimoli bor.
Quritgichni ko‘mir changi, bug‘doy uni va hokazolar kabi xavi kukunlar yaqinida
ishlatmang.
Bu tok urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Yonuvchan moddalarni mashina yaqiniga qo‘ymang.
Natijada mashinadan toksik gazlar chiqishi, qismlariga shikast yetishi, tok urishi,
yong‘in chiqishi yoki portlashi mumkin.
Mashinani qulanadigan eshik ortiga joylashtirmaslik kerak.
Quritish paytida yoki tugashi bilanoq mashinaning orqa tomoniga tegmang.
Mashina issiq bo‘ladi, kuydirib qo‘yishi mumkin.
Tarkibida ftorli issiqxona gazlari mavjud.
Qurilma germetik jihatdan zich yopilgan.
Atmosferaga gaz chiqarmaydi.
Sovitish moddasi (turi): R-134a (GWP = 1430)
Sovitish moddasi (quyish)
DV**TA2**** : 0,43kg, 0,615tCO2e
DV**TA0**** : 0,37kg, 0,529tCO2e
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
DV5000T_DC68-04209S-00_UZ.indd 14 2020/12/1 11:17:08

Содержание

Скачать