Samsung MS23F301TFW [116/144] Ushbu pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo ljallanmagan

Samsung MS23F301TFW [116/144] Ushbu pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo ljallanmagan
8
O'ZBEK
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begona buyumlarni qo’ymang. Agar
qurilma ichiga suv yoki boshqa begona buyumlar kirib qolgan
bo’lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va o’zingizga eng
yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy ta’sir ko’rsatmasligi yoki urilmasligi
kerak.
Pechni mo’rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha
buyumlar ustiga qo'ymang
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug’tozalagich
yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog’idagi kuchlanish, chastota va tok kuchi qurilmaning
texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasining rozetkaga tiqilganligiga
ishonch hosil qiling. Bir nechta rozetkalarga ega bo'lgan
perexodnik, uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang, uni
buyumlar orasiga qo’ymang va pechning orqasi orqali o’tkazmang.
Shikastlangan vilka yoki elektr manbaiga ulash kabelidan, shuningdek
tarmoq rozetkasiga ulanmagan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki
elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o’zingizga eng
yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv sepmang.
Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni qo’ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt bo'lgan
taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt
bug'lari pechning isitilgan qismlariga tegib ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga
yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga
urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Ushbu pech tijorat maqsadlarida foydalanish uchun
mo’ljallanmagan.
Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida lampani mustaqil
ravishda almashtirmaslik kerak. Lampani malakali
muhandis tomonidan almashtirilishini uchun sizga
yaqin bo'lgan Samsung mijozlarga xizmat ko'rsatish
markazi bilan aloqaga chiqing
OGOHLANTIRISH
Elektr jihozni har qanday o’zgartirish va ta’mirlash ishlari faqat
malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini mikroto'lqinlar
rejimida germetik yopilgan konteynerlarda isitmang.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv
oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga yaqin
joylar, namlik yoki changlanganlik darajasi yuqori bo’lgan xonalar,
to’g’ridan-to’g’ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi
joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi mumkin bo’lgan hududlar
va notekis sirtlarga o’rnatmang.
Qurilmani mahalliy yoki davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri
ulash kerak.
Chang va namni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining
vilkasi va aloqa joyini muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning
ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar) chiqish holatlari yuz
berganda darhol xonani shamollating va elektr manbai vilkasiga
ulash kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho’l qo’llaringiz bilan tegmang.
MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-03_UZ.indd 8 2014-07-11  6:06:03

Содержание

Скачать