Samsung MS23F301TFW [117/144] Diqqat

Samsung MS23F301TFW [117/144] Diqqat
9
O'ZBEK
OGOHLANTIRISH. Ichimlik solingan sig’imlarni pechda isitish
sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning
uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig’imlar
bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko’rish kerak. Bunday
holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga imkon berish
maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO 20 soniyacha kuting.
Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin
uni ALBATTA aralashtiring.
Kuyish sodir bo’lganda, BIRINCHI YORDAM ko’rsatish bo’yicha
quyidagi harakatlarni bajaring.
Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
Toza quruq quruq lattani bog’lang.
Hech qanday kremlar, moylar yoki los’onlar surtmang.
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis
yoki taglikni suvga solmang, chunki bu patnis yoki taglikning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun foydalanmang,
chunki yog' haroratini boshqarib bo'lmay qolishi mumkin.
Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Faqat mikroto’lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan
foydalaning. Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush
qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan
FOYDALANMANG.
O’ralgan o’tkazgichni qog’oz yoki plastik qadog’idan oling.
Sabab: elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog’oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto’lqinli pechdan
foydalanmang.
Katta miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi
yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasiga suv tegishiga yo'l
qo'ymang va kabelni qizdirilgan buyumlar va issiqlik manbalaridan
uzoqroq joylashtiring.
Xom tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda
isitib bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan
keyin ham mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin.
Germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun yong’oq,
pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang.
Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta’sirida yonib
ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o’chib
qolishi mumkin. Uni sovigandan keyingina yoqish mumkin.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda
albatta oshxona qo’lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring. Kuchli
qaynashning oldini olish uchun pech o’chganidan keyin 20soniya
davomida eshikchani ochmang.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning
oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto’lqinli pechni yoqmang. Xavfiszlikni ta’minlash
maqsadida mikroto’lqinli pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o’chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda
mikroto’lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni
joylashtirish tavsiya qilinadi.
Pechni o’rnatishda qo’llanmada ko’rsatilgan devorgacha bo’lgan
masofani ta’minlash kerak "Mikroto’lqinli pechni o’rnatish").
Boshqa ekektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga
ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
MS23F301TFW_BW_DE68-04182X-03_UZ.indd 9 2014-07-11  6:06:04

Содержание

Скачать