Samsung MS20A7013AB/BW [162/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MS20A7013AB/BW [162/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish
18 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish
Mikroto'lqinli pech tayyorlayotgan paytida tayyorlash vaqtini uzaytirish yoki qisqartirish mumkin.
Ochish bilan istalgan vaqtda tayyorlash jarayoni holatini tekshiring, keyin zarur bo‘lsa, tayyorlash vaqtini
uzaytiring yoki qisqartiring.
1-usul
Tayyorlash vaqtini 30 soniya uzaytirish uchun СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Masalan: Uch daqiqa qo'shish uchun СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s) tugmasini olti marta bosing.
IZOH
Tayyorlash vaqtini faqat uzaytirish mumkin.
2-usul
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish uchun Past yoki Yuqori
tugmasini bosing.
Taom tayyorlashni to'xtatish
Tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin, bu quyidagi harakatlarni bajarishga imkon beradi:
Taom tayyorlashni nazorat qilish
Taomni ag'darish yoki aralashtirish
Dimlab pishirish uchun qoldirish
Tayyorlashni vaqtinchalik to‘xtatish
1. Eshikchani oching yoki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Tayyorlash vaqtinchalik to'xtatiladi.
2. Tayyorlashni davom ettirish uchun eshikchani yopib, СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Tayyorlashni butunlay to‘xtatish
1. Eshikchani oching yoki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Tayyorlash vaqtinchalik to'xtatiladi.
2. СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini yana bosing.

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения