Samsung MS20A7013AB/BW [172/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MS20A7013AB/BW [172/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish
28 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
3. Ichimliklar
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
3-1 Limon va yalpizli
choy
200-250 ml Suv - 200 ml, choy bargi - 0,5 qoshiq, limon - 1 parrak,
yalpiz - bir nechta bargi
Ko'rsatmalar
Choy bargi, 1 parrak limon va yalpiz bargini suvga soling. Ustini yopmasdan
isiting. Pech ichida birmuncha vaqt qoldiring. Finjonni olayotganda ehtiyot
bo‘ling. Filtrdan o‘tkazing.
3-2 Ilitilgan shirin
vino (Glintvein)
150-200 ml Musallas – 150 ml, apelsin – 20 g, limon – 10 g, shakar –
10 g, dolchin – 1 qalamcha, qalampirmunchoq – 1 g
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni aralashtiring. Ustini yopmasdan isiting. Qaynatmang. Pech
ichida birmuncha vaqt qoldiring. Finjonni olayotganda ehtiyot bo‘ling.
3-3 Dolchin va asalli
choy
200-250 ml Suv – 200 ml, dolchin – ½ qoshiq, asal – 1 qoshiq
Ko'rsatmalar
Dolchinni suvga soling. Ustini yopmasdan isiting. Pech ichida birmuncha vaqt
qoldiring. Finjonni olayotganda ehtiyot bo‘ling. Iligunicha soviting. Asal soling.
3-4 Sut va kardamon
qo‘shilgan choy
(Masala)
200-250 ml Choy barglari – 1 qoshiqcha, sut – 100 ml, suv –
100 ml, zanjabil – ½ qoshiqcha, kardamon – 1 dona,
dolchin – ½ qoshiqcha, shakar – 2 g
Ko'rsatmalar
Sut bilan suvni aralashtirib, ziravor va choy barglari aralashmasini soling. Ustini
yopmasdan isiting. Pech ichida birmuncha vaqt qoldiring. Finjonni olayotganda
ehtiyot bo‘ling. Filtrdan o‘tkazing.
3-5 Mevali ichimlik 200-250 ml Suv - 200 ml, shakar - ta’bga ko‘ra, yangi mevalar -
1 qoshiq.
Ko'rsatmalar
Reza mevalarni suvga solib, ta’bga ko‘ra shakar qo‘shing. Ustini yopmasdan isiting.
Pech ichida birmuncha vaqt qoldiring. Finjonni olayotganda ehtiyot bo‘ling.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-6 Sabzavotli
sho'rva
350 g Muzlatilgan sabzavotlar - 150 g, sabzavotli bulyon yoki
suvga aralashtirilgan bulyon kubikchasi - 300 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. Tayyorlashni
boshlang.
2-7 Koreyscha ugra 120 g (1 xaltacha) Koreyscha ugra 1 xaltacha, suv (xona haroratida)– 550
ml
Ko'rsatmalar
Paketni ochib, ugra, sho'rva va suvni (550 ml) mikroto‘lqinli pechga xavfsiz chuqur
kosaga soling. Yaxshilab aralashtiring. Ovqat plyonkasi bilan o'rab, birnecha marta
teshing. Mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
2-8 Chuchvara
sho'rva
185 g (15 dona) Muzlatilgan chuchvara - 15 dona (10-12 g/dona),
tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga
aralashtirilgan bulon kubikchasi - 600 ml, murch-no'xat
- 3-5 dona, dafna bargi - 1 dona.
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. Tepadan
pastga qarata aralashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida
oyoqchalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
2-9 Grechixa bo'tqasi 200 g Grechixa bo'tqasi – 100 g, tuz – 2 g, qaynoq suv –
300 ml
Ko'rsatmalar
Grechixa bo'tqasini chuqur kosaga seping va tuz qo'shing. Qaynagan suv
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения