Samsung MS20A7013AB/BW [168/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MS20A7013AB/BW [168/192] Mikroto lqinli pechni ishlatish
24 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-6 Yojiki 220 g 01 Go'sht (mol go'shti va cho'chqa go'shti) qiymasi
– 120 g (uch qismga bo'ling), oddiy pishirilgan
guruch – 40 g, tuz – 1 g, maudalangan qora
qalampir – ½ g, mayda to'rg'algan piyoz – 20 g,
maydalangan sarimsoqpiyoz – 3 g, tovuq buloni
yoki quruq konsentratli suv – 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un – 5 g, tomat pastasi –
10 g, suv – 40 ml
Ko'rsatmalar
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring.
Uchta sharcha yasang. Piyoz va sarimsoqpiyozni chuqur tarelkaga soling. Unga
go'shtli sharchalarni qo'ying va bulonni qo'shing. Tarelkani pechga joylashtiring.
01 Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang.
02 Pech tovushli signal berganida aralashmani go'shtli bitkilar bo'lgan bulonga
quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-7 Olxo'ri
qoqili tovuq
oyoqchalari
325 g
2 dona
Yupqa to'g'ralgan piyoz - 15 g, yupqa to'g'ralgan sabzi -
20 g, tovuq oyoqchasi - 2 dona (160-180 g), qora olxo'ri
- 5-7 dona (50 g), tovuq bulyoni yoki quruq konsentratli
suv - 200 ml
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini chuqur tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini qo'ying,
qora olxo'ri va bulon qo'shing. Idishni mikroto'lqinli pechga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida oyoqchalarni ag'daring va
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-3 Keks 180 g Shakar - 45 g, vanilin xushbo‘yli shakar - 5 g, yog‘ - 40 g,
tuxum - ½ dona, sut - 30 ml, pishirish sodasi -
3 g, un - 100 g
Ko'rsatmalar
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum qo'shing.
Boshqa masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan jomga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Uni jomdan olishdan avval sovushini kuting.
1-4 Limonli qumloq
pechenye
190 g (5 dona) Un - 100 g, sariyog‘ - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig‘i -
½ dona, iliq suv - 1 qoshiq, limon po‘stlog‘i, shakar-
qiyom uchun: Tuxum sarig‘i - 1 dona, shakar kukuni
- 3-5 g
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang. Ularni
mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum sarig'i
bilan tepasidan yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash jarayonini davom
ettiring. Sovushini kuting.
1-5 Moskvacha baliq 270 g 01 Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g,
o'simlik yog'i - 5 g
02 Smetana- 30 g (2 x 15 g)
03 Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari –
2 dona (60-70 g/dona), tuz – 5 g, yanchilgan oq
qalampir – ½ g, qirilgan pishloq – 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. O'simlik yog'idan
tomizing (01). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana
porsiyasining yarmini sopol tarelkaga (markaziga) soling (02). Shu smetanaga
qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq
atrofiga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloqni qo'yib chiqing (03).
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения