Samsung MS20A7013AB/BW [178/192] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MS20A7013AB/BW [178/192] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma
34 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda jadvalda
ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring.
Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta aralashtiring. Tayyorlash
nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar yoki sariyog' qo'shing. Kutish vaqtida yopib qo'ying.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Ismaloq 150 g 600 Vt 4½-5½
Ko'rsatmalar
15 ml (1 qoshiq) sovuq suv qo‘shing. 2-3 daqiqa kuting.
Brokkoli 300 g 600 Vt 9-10
Ko'rsatmalar
30 ml (2 qoshiq) sovuq suv qo‘shing. 2-3 daqiqa kuting.
No'xat 300 g 600 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
15 ml (1 qoshiq) sovuq suv qo‘shing. 2-3 daqiqa kuting.
Ko'k loviya 300 g 600 Vt 8-9
Ko'rsatmalar
30 ml (2 qoshiq) sovuq suv qo‘shing. 2-3 daqiqa kuting.
Sabzavotlar aralashmasi
(sabzi/no'xot/
makkajo'xori)
300 g 600 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
15 ml (1 qoshiq) sovuq suv qo‘shing. 2-3 daqiqa kuting.
Sabzavotlar aralashmasi
(xitoycha uslubda)
300 g 600 Vt 8-9
Ko'rsatmalar
15 ml (1 qoshiq) sovuq suv qo‘shing. 2-3 daqiqa kuting.
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto‘lqinlar
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan holda deyarli taomning
ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Bu molekulalarning tez
tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa taomni pishiradi.
Taom tayyorlash
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash uchun mikroto'lqinlarga o'zlari
orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan
qaytadi, biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun
tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki muzlatilgan sabzavotlar,
mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin.
Mikroto'lqinli pechda yana souslar, qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham
tayyorlash mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli
pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga
qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o'z
hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni turli usullarda o'rash mumkin, masalan, keramik idish, plastik qopqoq
yoki mikroto'lqinga mos keladigan oziq-ovqat plyonkasi.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning tenglashishi uchun biroz
kutish juda muhimdir.

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения