Samsung MS20A7013AB/BW [182/192] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MS20A7013AB/BW [182/192] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma
38 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Tayyor taom (Sovutilgan) 350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan taomni sopol idishga soling.
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping.
3 daqiqa kuting.
Chaqaloq ovqati va sutini isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt
Bolalar taomi
(sabzavotlar + go'sht)
190 g 600 Vt 30 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring. Tayyorlash
vaqtidan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring va
haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Go‘dak bo‘tqasi
(Yorma
+ sut + meva)
190 g 600 Vt 20 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring. Tayyorlash
vaqtidan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring va
haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Bolalar suti 100 ml 300 Vt 30-40 son.
200 ml 50 soniyadan
1 daqiqagacha
Ko'rsatmalar
Yaxshilab silkiting yoki aralashtiring va sterillangan shisha butilkaga quying.
Butilkani aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Qopqog'ini yopmasdan
tayyorlang. Yaxshilab chayqating va kamida 3 daqiqa kuting. Bolaga berishdan
avval butilkani yaxshilab silkiting va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Qo‘lda muzdan tushirish
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Mikroto'lqinlar
mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga kutilmagan mehmonlar kelgan
vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan metall simlarni oling
va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash uchun muzdan tushirishdan avval
tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish vaqtining yarmi
o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni boricha ichak-
chovoqlarini chiqarib tashlang.
Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni muzdan tushirish vaqtida kichik tekis
alyumin folgalarga o'ragan holda ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va muzdan tushirishni davom
ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq qoldiring. To'liq
muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning miqdoriga bog'liq holda har xil
bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
Maslahat: Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam miqdordagi mahsulotlar ko'plariga
qaraganda tezroq muzdan tushadi. Bu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda
yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda quyidagi jadvalga amal
qiling.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Go'sht
Mol go'shti qiymasi 250 g
500 g
180 Vt 6½-7½
10-12
Cho'chqa go'shtidan
tayyorlangan steyklar
250 g 180 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga bilan ingichka
yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-25 daqiqa kuting.

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения