Redmond rmc-m170 [65/84] Umumiy tartibi bo limi 2 7 bandlariga amal qiling suv qaynagandan keyin

Redmond rmc-m170 [65/84] Umumiy tartibi bo limi 2 7 bandlariga amal qiling suv qaynagandan keyin
65
RMC-M170 multipishirgichi
UZB
Boshqaruv panelidan tosiqni olib tashlash uchun tugmachasini bosing va
tovushli signal berilgunicha ushlab turing. Tugmacha indikatori o’chadi.
Energiyadаn mustаqil xotirа
REDMOND RMC-M170 multipishirgich quvvatlarga bog’liq bo’lmagan xotiraga
ega. Elektr ta’minoti vaqtinchalik uzilgan vaqtda parametrlarning barcha beril-
gan qiymatlari saqlanib qoladi.
Diqqat! Parametrlarning standart qayta tiklash uchun «Тепло/ОТМЕНА» tugmac-
hasini bosing va ushlab turing. Jihoz standart parametrlar qiymatlariga qaytadi.
Ishga tushirishni kechiktirish dasturi
“Ishga tushirishni kechiktirish” funksiyasi taom tayyor bo’lishi uchun o’tishi
kerak bo’lgan vaqt oralig’ini (dasturning ishlash vaqtini hisobga olgan holda)
berishga imkon beradi. Vaqtni 5 daqiqa o’rnatish qadami bilan 24 soatgacha
bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, kechiktirish vaqti tayyorlashning o’rnatilgan vaqtidan
katta bo’lishi kerak, aks holda dastur CТАРТ/Подогрев tugmachasi bosilishi
bilan darhol ishga tushadi.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini ornatish uchun (“МУЛЬТИПОВАР das-
turidan tashqari):
1. “МЕНЮ tugmachasini bosgan holda tayyorlash dasturini tanlang.
2.
ТАЙМЕР/ОТСРОЧКА tugmachasini bosing, zarur bo’lgan hollarda tay-
yorlash vaqtini o’zgartiring. Yana bir bor “ТАЙМЕР/ОТСРОЧКА tugmac-
hasini bosing. Displeyda ОТСРОЧКА АРТА (Ishga tushirishni kec-
hiktirish) indikatori va kechiktirish vaqti (ishga tushirishni kechiktirish
vaqtini hisobga olgan holdagi tayyorlash jarayoni tugagunigacha qolgan
vaqt) namoyish qilinadi.
3. “+” va tugmachalarini bosgan holda vaqtni orttiring yoki kamaytiring. Qiy-
matni tezroq o’zgartirish uchun tegishli tugmachani bosing va ushlab turing.
”МУЛЬТИПОВАР dasturida tayyorlash vaqtini o’rnatish to’g’risida ma’lumotlar
olish uchun ga qarang.
Ishga tushirishni kechiktirish funksiyasidan “ЖАРКА” va “ПАСТА” dasturlaridan
boshqa barcha avtomatik tayyorlash dasturlarida foydalanish mumkin.
Agar reseptda masalliq sifatida tez aynuvchi mahsulotlardan (tuxum, sut, qaymoq,
go’sht, baliq, pishloq va xok.) foydalanilsa, ishga tushirishni kechiktirish funksi-
yasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o’rnatishda shuni hisobga olish kerakki,
“ПАР” dasturida vaqt hisobi faqat jihoz kerakli haroratga erishganidan keyin-
gina (suv qaynagandan keyin) boshlanadi.
Tayyor taomlar haroratini ushlab turish funksiyasi (avtomatik isitish)
Ushbu funksiya tayyorlash dasturi (ЙОГУРТ dasturidan tashqari) ishi yakunan-
gandan keyinoq avtomatik ravishda yonadi va tayyor taom haroratini 24 soat
davomida 70
75°С doirasida ushlab turishi mumkin. Avtomatik isitish funksiya-
si ishlayotgan vaqtda “Тепло/ОТМЕНА” tugmachasi indikatori yonadi va disp-
leyda ushbu rejim ishlash vaqtining tog’ri hisobi aks ettiriladi.
Zarur bo’lgan hollarda “Тепло/ОТМЕНА tugmachasini bosgan va ushlab turgan
holda avtomatik isitish funksiyasini oldindan o’chirib qo’yish mumkin.
Avtomatik isitishni oldindan o’chirib qo’yish uchun dastur ishga tushgandan
keyin “Тепло/ОТМЕНА tugmachasi indikatori ochmagunicha CТАРТ/Подогрев”
tugmachasini bosing va bir necha soniya ushlab turing. Avtomatik isitishni yana
yoqish uchun “АРТ/Подогрев” tugmachasini yana bir bor bosing va ushlab
turing (“Тепло/ОТМЕНА tugmachasi indikatori yonadi).
Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy
tartibi (“МУЛЬТИПОВАР va “ILITISH” dasturlaridan tashqari)
1.
Reseptlarga muvoq tarzda masalliqlarni tayyorlang (o’lchang), ularni jomga
soling. Barcha masalliqlarni jomda bir xil taqsimlanganligi va uning ichki yuza-
sidagi shkalaning maksimal belgisidan pastda turganligiga ishonch hosil qiling.
2.
Jomni jihoz korpusiga qo’yin. Uuning qizdirish elementiga mahkam yopis-
hib turganligiga ishonch hosil qiling.
3. Qopqoqni tirqillagan tovush chiqargan holda yoping. Jihozni elektr tar-
mog’iga ulang.
4.
“МЕНЮ tugmachasini bosgan holda tayyorlash dasturini tanlang, displeyda
tegishli dastur indikatori va ornatilgan standart tayyorlash vaqti paydo bo’ladi.
ЖАРКА, ТУШЕНИЕ, ПАР dasturlarida Вид продукта tugmachasini bosgan
holda mahsulot turini tanlang, displeyda tegishli dastur indikatori: МЯСО
(Gosht), РЫБА (Baliq) yoki ОВОЩИ (Sabzavotlar) va o’rnatilgan standart
tayyorlash vaqti yonadi. Tayyorlash vaqtini o’zgartirish mumkin*.
5. Zarur bo’lgan hollarda dasturning ishga tushish vaqtini kechiktirish vaq-
tini o’rnating.
6. “CТАРТ/Подогрев tugmachasini bosing va bir necha soniya ushlab turing.
CТАРТ/Подогрев va Тепло/ОТМЕНА tugmachalari indikatorlari yonadi.
Tayyorlash jarayoni va dastur ishlash vaqtining teskari hisobi boshlanadi.
7.
CТАРТ/Подогрев tugmachasini bosgan va ushlab turgan holda avto-
matik isitishni ochirib qo’yish mumkin (Тепло/ОТМЕНА tugmachasi
indikatori ochadi). АРТ/Подогрев qayta tugmachasini bosgan holda
ushbu funksiyani yana yoqib qo’yish mumkin.
8. Dastur ishi yakunlanishi bilan signal beriladi. Keyin parametrlarga bog’liq
ravishda jihoz avtomatik isiytish rejimi (displeyda ushbu funksiya ishlash
vaqtining tog’ri hisobi aks ettiriladi) yoki kutish rejimiga o’tadi.
9.
Tayyorlash jarayonini uzib qo’yish, kiritilgan dasturni bekor qilish yoki
avtomatik isitishni ochirib qoyish uchun Тепло/ОТМЕНА tugmachasini
bosing va ushlab turing.
* Tayyorlash vaqtini o’zgartirish uchun:
1. Tayyorlash dasturini tanlagandan keyin ТАЙМЕРТСРОЧКА tugmac-
hasini bosing. Displeyda ТАЙМЕР (Taymer) indikatori yonadi, vaqtni
bildiruvchi raqamlar esa miltillay boshlaydi.
2. “+” tugmachasini bosgan holda vaqt qiymatni orttiring, tugmachasini
bosgan holda esa kamaytiring. Qiymatni tezroq o’zgartirish uchun bosilgan
tugmachani ushlab turing.
3. Tayyorlash vaqtini o’rnatish yakunlangandan keyin (displeydagi raqamlar
miltillashda davom etadi) keying qadamga o’ting. Qilingan o’rnatishlarni
bekor qilish uchun Тепло/ОТМЕНА tugmachasini bosing, shundan keyin
butun tayyorlash dasturini qaytadan kiriting.
Diqqat! Tayyorlash vaqtini qo’lda o’rnatishda tayyorlash dasturida ko’zda tutilgan
vaqt diapazoni va o’rnatish qadamini hisobga oling. Ayrim dasturlarda tayyorlash
vaqtining hisobi jihoz berilgan ishchi haroratga chiqqanidan keyin boshlanadi.
“МУЛЬТИПОВАР” dasturi
Dastur foydalanuvchi tomonidan berilgan harorat (35°С dan 170°С gacha,
o’zgartirish qadami 5°С) va tayyorlash vaqti (2 daqiqadan 15 soatgacha,
o’zgartirish qadami 2 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan oraliq uchun 1 daqiqa,
1 soatdan 15 soatgacha bo’lgan oraliq uchun 10 daqiqa) parametrlari bo’yicha
deyarli istalgan taomni tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Аgаr ornаtilgаn tаyyorlаsh temperаturаsi 75°С dаn pаst bo‘lsа, «МУЛЬТИПОВАР»
dаsturidа аvtoqizdirish funksiyasi ishlаmаydi.
1. Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi”
bo’limi 1
3-bandlariga amal qiling.
2. “МУЛЬТИПОВАР/°С tugmachasini bosing. Displeyda tayyorlash harora-
tining qiymati (standart qiymat 100°С) yonadi. “+” va tugmachalarini
bosgan holda harorat qiymatini orttirish yoki kamaytirish mumkin.
3. Harorat o’rnatilganidan o’tgandan keyin displeyda ТАЙМЕР (Taymer”)
indikatori yonadi va ornatilgan standart tayyorlash vaqti raqamlari mil-
tillaydi (30 daqiqa).
Agar siz istalgan tayyorlash haroratini o’rnatishga ulgurmagan bo’lsangiz, Тепло/
ОТМЕНА tugmachasi bosing va tovushli signal berilgunicha ushlab turing,
keyin o’rnatishni boshidan takrorlang.
“+” va tugmachalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini orttirish yoki kamay-
tirish mumkin. Qiymatni tezroq o’zgartirish uchun tegishli tugmachani bosing
va ushlab turing.
4.
Zarur bo’lgan hollarda ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o’rnating.
Buning uchun “ТАЙМЕР/ОТСРОЧКА tugmachasini bosing. Displeyda
ОТСРОЧКА CТАРТА (Ishga tushirishni kechiktirish) indikatori va
kechiktirishni hisobga olgan holdagi taom tayyorlash tugagunigacha
bo’lgan vaqt paydo bo’ladi. “+” va “” tugmachalarini bosgan holda vaqt
qiymatini o’zgartiring. Qiymatni tezroq o’zgartirish uchun tegishli tugmac
-
hani bosing va ushlab turing.
5.
Keyin Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy
tartibi” bo’limi 6
9-bandlariga amal qiling.
РИС/КРУПЫ dasturi
Dastur guruch va turli yormalardan sochiluvchan bo’tqalarni pishirish hamda turli
garnirlar tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Standart holatda “РИС/КРУПЫ dastu-
rida tayyorlash vaqti 35 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini qo’lda 1 daqiqaga
teng qadam bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
“ТОМЛЕНИЕ” dasturi
Qaynatilgan sut, dimlangan go’sht, dildira, sardak tayyorlash uchun tavsiya qi-
linadi. Standart holatda “ТОМЛЕНИЕ” dasturida tayyorlash vaqti 3 soatni tash-
kil qiladi. Tayyorlash vaqtini qo’lda 1 soatgacha bo’lgan oraliq uchun 10 daqiqa
va 1 soatdan koproq oraliq uchun 30 daqiqaga teng qadam bilan 10daqiqadan
15 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
“ПЛОВ” dasturi
Go’shtli, baliqli yoki sabzavotli palov tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart tayyor-
lash vaqti “ПЛОВ” dasturIda 1 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini qo’lda 5 daqiqa-
ga teng qadam bilan 10 daqiqadan 2soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
Qovurish dasturi (“ЖАРКА”)
Go’sht va go’shtli mahsulotlar, baliq va dengiz mahsulotlarini hamda sabzavot-
larni qovurish uchun tavsiya qilinadi. Tayyorlash vaqti tanlangan qism-dasturga
(“Выбор продукта tugmachasini bosish bilan o’rnatiladi) bog’liq bo’ladi: “МЯСО
15 daqiqa, “РЫБА” — 12 daqiqa, “ОВОЩИ” 18 daqiqa. Tayyorlash vaqtini
qo’lda 1 daqiqaga teng qadam bilan 5daqiqadan 2 soatgacha bo’lgan diapa-
zonda o’rnatish mumkin.
Ushbu dasturlarda “Ishga tushirishni kechiktirish” funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
Dimlash dasturi (“ТУШЕНИЕ”)
Go’sht va go’shtli mahsulotlar, baliq va dengiz mahsulotlarini, sabzavotlarni
dimlash hamda ilvira va uzoq vaqt issiqlik bilan ishlov berishni talab qiladigan
boshqa taomlarni tayyorlash uchun tavsiya qilinadi. Tayyorlash vaqti tanlangan
qism-dasturga (Выбор продукта tugmachasini bosish bilan o’rnatiladi) bog’liq
bo’ladi: “МЯСО” 1 soat, “РЫБА 35 daqiqa, “ОВОЩИ” 40 daqiqa. Tayyorlash
vaqtini qo’lda 5 daqiqaga teng qadam bilan 10 daqiqadan 12 soatgacha bo’lgan
diapazonda o’rnatish mumkin.
“ПАСТА dasturi
Makaron mahsulotlari, chuchvara, tuxum va sosiskalarni qaynatish uchun tav-
siya qilinadi. Standart holatda tayyorlash vaqti 8 daqiqani tashkil qiladi. Tay-
yorlash vaqtini qo’lda 1daqiqaga teng qadam bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha
bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
Ushbu dasturda “Ishga tushirishni kechiktirish” funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
Jomga suv quying. Suv sathining jonm ichki yuzasidagi maksimal belgidan past-
da bo’lishini kuzatib turing. Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning
umumiy tartibi” bo’limi 2–7-bandlariga amal qiling. Suv qaynagandan keyin
signal chalinadi. Qopqoqni ehtiyotlik bilan oching va mahsulotlarni qaynayotgan
suvga soling, keyin qopqoqni tirqillagan tovush chiqargan holda yoping. CТАРТ/
Подогрев” tugmachasini bosing. O’rnatilgan dasturni bajarish va tayyorlash vaq-
tining teskari hisobi boshlanadi. Keyin “Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi
harakatlarning umumiy tartibi” bo’limi 8–9-bandlariga amal qiling.

Содержание