Samsung me 83 krw-2x [101/120] Pech xususiyatlari

Samsung me 83 krw-2x [101/120] Pech xususiyatlari
O'zbek - 11
02 PECH XUSUSIYATLARI
O'zbek - 11
(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
• Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan
maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik
bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni
qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda
foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
• Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun mikroto'lqinli
pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va
ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir
savollar yoki muammolar bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
• Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma faqat uy sharoitida
foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan hech qanday matolar va paketlarni
isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi
qurilmadan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o'z
zimmasiga olmaydi.
• Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa
qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi
mumkin.
USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH
(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)
xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish
uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling
va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta
foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni
qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu
mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va
xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik
kerak.
pech xususiyatlari
PECH (ME83KR*-1, ME83KR*-2, ME83KR*-3,
ME83KR*-1*, ME83KR*-2*, ME83KR*-3*, ME83*KR*-1,
ME83*KR*-2, ME83*KR*-3)
1. ESHIKCHA
2. VENTILYATSION TIRQISHLAR
3. YORITGICH
4. DISPLEY
5. ESHIKCHA QULFI
6. AYLANUVCHI PATNIS
7. MUFTA
8. ROLIKLI TAGLIK
9. BLOKIROVKALASH KONTAKTLARI
TIRQISHLARI
10. BOSHQARUV PANELI
11. ESHIKCHALARNI OCHISH
TUGMACHASI
8 9 11 107
1 2
3
4
5
6
ME83K_ME83_ME83A_DE68-04285A-01_UZ.indd 11 2014-06-02 �� 1:48:13

Содержание