Samsung me 83 krw-2x [114/120] Bug da taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma faqat me83kr x modellari uchun

Samsung me 83 krw-3 [114/120] Bug da taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma faqat me83kr x modellari uchun
O'zbek - 24
TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN
TUSHIRISH PARAMETRLARI
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining turli
dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan.
Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak.
Go'sht, tovuq, baliq va mevalarni sopol tarelkaga joylashtiring.
Kod/Taom Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
1
Go'sht
200-1500 g Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli
signal berganida go'shtni aylantiring. Ushbu
dastur mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa go'shti,
bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht va qiymani
muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.
10-30 daqiqa kuting.
2
Parranda
go'shti
200-1500 g Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan
yoping. Pech tovushli signal berganida parranda
go'shtini aylantiring. Bu dastur butun tovuq va
tovuq bo'laklarini tayyorlash uchun mosdir.
10-30 daqiqa kuting.
3
Baliq
200-1500 g Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping.
Pech tovushli signal berganida baliqni aylantiring.
Bu dastur butun baliq va baliq bo'laklarini
tayyorlash uchun mosdir. 10-30 daqiqa kuting.
4
Mevalar
100-600 g Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib
joylashtiring. Bu dastur barcha turdagi mevalar
uchun mos keladi. 5-30 daqiqa kuting.
BUG'DA TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
(FAQAT ME83KR*-*X MODELLARI UCHUN)
Bug'da pishirgich taomni bug'da tayyorlash tamoyiliga asoslanadi va Samsung
mikroto'lqinli pechingizda tezkor va sog'lom taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Ushbu yordamchi jihoz guruch, makaron mahsulotlari, sabzavotlar kabilarni qisqa
vaqtlarda ularning o'zuqaviylik qiymatlarini saqlab qolgan holda tayyorlash uchun juda
mosdir.
Mikroto'lqinli pechning bug'da pishirgich jihozlari to'plami quyidagi 3 ta qismlardan tashkil
topadi:
Jom Ichki patnis Qopqoq
Barcha jihozlar -20 °C dan 140 °C gacha bo'lgan haroratlarda foydalanish uchun
mo'ljallangan.
Muzlatish kamerasida saqlash uchun juda mos. Ulardan alohida holda yoki birgalikda
foydalanish mumkin.
FOYDALANISH SHAROITLARI:
Foydalanmang:
•
tarkibida yuqori darajada shakar yoki yog' bo'lgan taomlarni tayyorlash uchun,
•
gril yoki aylanma issiqlik funksiyalari bilan birgalikda yoki oshxona plitasida
Ilk marta foydalanishdan avval barcha jihozlarni sovunli suv bilan yaxshilab yuving.
Tayyorlash vaqtlari to'g'risida ma'lumotlar olish uchun keyingi sahifadagi jadvaldagi
ko'rsatmalarga qarang.
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH:
Bug'da pishirgichni idish yuvgichda yuvish mumkin.
Qo'lda yuvganda issiq suv va idish yuvish uchun suyuqlikdan foydalaning. Abraziv
gubkalardan foydalanmang.
Ayrim taomlar (masalan, pomidor) plastik rangini o'chrishi mumkin. Bu tabiiy holat va
ishlab chiqarish xatoligi emas.
ME83K_ME83_ME83A_DE68-04285A-01_UZ.indd 24 2014-06-02 �� 1:48:19

Содержание