Samsung me 83 krw-2x [105/120] Pechdan foydalanish

Samsung me 83 krw-3 [105/120] Pechdan foydalanish
O'zbek - 15
03 PECHDAN FOYDALANISH
pechdan foydalanish
MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini
o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•
Muzdan tushirish
•
Tezkor isitish/tayyorlash
•
Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar
aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis
taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2. Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash
issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga davom
ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning
quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi
mumkin:
•
Mahsulotlarning miqdori va zichligi
•
Ularning tarkibidagi suvning miqdori
•
Boshlang'ich harorat
(mahsulotning muzlatilganligi yoki yo'qligi)
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga
tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan
keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom
retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish
lozim:
•
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash
•
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat
PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri
ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi
katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.
1. СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing va
1МИН (1 daq.) tugmasini kerakli marta bosgan holda
4 daqiqadan 5 daqiqagacha bo'lgan vaqtni o'rnating.
2. СТАРТ (Start) tugmasini bosing.
Natija: Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida isiydi.
Keyin suv qaynashi kerak.
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga
aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq
qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun
ko'proq vaqt talab qilinadi.
ME83K_ME83_ME83A_DE68-04285A-01_UZ.indd 15 2014-06-02 �� 1:48:16

Содержание