Samsung me 83 krw-2x [118/120] Nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi

Samsung me 83 krw-2x [118/120] Nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi
O'zbek - 28
Suyuqliklar va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Ichimliklar
(qahva, choy
va suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
800 Vt 1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan holda isiting.
Idish/stakanni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Kutish vaqti davomida
pechning ichida qoldiring va yaxshilab aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
Sho'rva
(sovutilgan)
250 g 800 Vt 3-3½
Ko'rsatmalar
Sho'rvani chuqur sopol tarelkaga quying. Teshiklarga ega bo'lgan yopishqoq plyenka
bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Dimlangan
go'sht
yoki baliq
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling. Teshiklarga ega bo'lgan
yopishqoq plyenka bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va
kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
2-3 daqiqa kuting.
Sousli
makaron
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) tekis sopol idishga soling.
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping.
Dasturxonga tortishdan avval aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Masalliqli
sousli
makaron
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara) chuqur sopol idishga soling.
Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va
kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Tayyor taom
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan taomni sopol idishga soling.
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. 3 daqiqa kuting.
Makaron
mahsulotlari
(muzlatilgan)
(kannelloni,
makaronlar,
lazanya)
400 g 450 Vt 16-16½
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini kichkina to'rtburchak issiqqa chidamli shishadan
qilingan idishga joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnisga qo'ying.
2-3 daqiqa kuting.
nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Yangi qurilma bilan tanishib chiqish har doim ozgina vaqtni oladi. Agar sizda quyida
keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal qilishga
harakat qiling. Bu sizning vaqtingizni tejashi hamda xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq
qilish tashvishidan xalos qilishi mumkin.
Quyidagilar oddiy hol hisoblanadi.
•
Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi
•
Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi
•
Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari
•
Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'
Taom umuman tayyorlanmayapti.
•
Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va START tugmasini bosdingizmi?
•
Eshikcha yopilganmi?
•
Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning
kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?
Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
•
Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
•
Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
•
Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi
mumkin. Bu oddiy holat.
•
Yechim: pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.
•
Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta'sirchan bo'lsa, unda displeydagi
ko'rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin.
•
Yechim: Tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan rozetkaga
tiqing. Vaqtni qaytadan o'rnating.
Chiroq ishlamayapti.
•
Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni
malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli
Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
ME83K_ME83_ME83A_DE68-04285A-01_UZ.indd 28 2014-06-02 �� 1:48:21

Содержание