Samsung me 83 krw-2x [97/120] Mikroto lqinli pechni tozalash

Samsung me 83 krw-2x [97/120] Mikroto lqinli pechni tozalash
O'zbek - 7
01 XAVFSIZLIK TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR
Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli
agenti yoki o'xshash malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak. Shaxsiy xavfsizligingiz uchun
elektr kabeli vilkasini muvofiq o’zgaruvchan tok
tarmog’ining yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang.
Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan,
oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga
o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni
inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech
bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi
shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli
pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki
yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan
arting.
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat
zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning
quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
• Pechningichkivatashqiyuzalari
• Pecheshikchasivaeshikchazichlagichlari
• Aylanuvchipatnisvaroliklitaglik
(Faqat aylanuvchi patnisga ega bo’lgan modellar)
DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va
eshikchaning zich yopilishini nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning
xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va
xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq
sovunli suv bilan tozalang. Yuvib tashlang va arting.
2. Pechning ichki yuzalaridan barcha tomchilar va
dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting.
Yuvib tashlang va arting.
3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni
yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan
chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying va o'n daqiqa
davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4. Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga
YO'L QO'YMANG. HECH QACHON abraziv
mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan
foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga
ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini
tozalaganda alohida e'tibor bering:
• Ulardaovqatzarrachalarito'planibqolmasligiga
• Eshikningnormalyopilishigaxalaqitbermasligiga
alohida e'tibor qarating
ME83K_ME83_ME83A_DE68-04285A-01_UZ.indd 7 2014-06-02 �� 1:48:09

Содержание