Samsung me 83 krw-2x Инструкция по эксплуатации онлайн [94/120] 163898

Samsung me 83 krw-2x Инструкция по эксплуатации онлайн [94/120] 163898
O'zbek - 4
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning
xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va
xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga
o'xshash transport vositalariga o'rnatish uchun
mo'ljallanmagan.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki
ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan
ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan
ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan
jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki
bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar
(jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga
ishonch hosil qilish uchun ular nazorat ostida
bo'lishlari kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan
bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki
malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
OGOHLANTIRISH: Suyuqliklar yoki boshqa
taomlar mahkam yopilgan idishlarda isitilmasligi
kerak, chunki ular portlab ketishlari mumkin;
Mikroto'lqinli pechni ingichka suv oqimi bilan
tozalash mumkin emas.
Ushbu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni
isitish uchun mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni
quritish va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar,
nam kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish, uchqun
chiqishi yoki yong'in xavfining vujudga kelishiga olib
kelishi mumkin.
Tutun chiqqan hollarda qurilmani o'chiring yoki
elektr tarmog'iga ulash kabelini rozetkadan
sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun
eshikchani ochib qo'ying.
OGOHLANTIRISH: Ichimliklarni mikroto'lqin
yordamida isitish kechiklab portlovchan qaynashga
olib kelishi mumkin, shuning uchun idishlarni
ushlashda juda ehtiyot bo'lish lozim.
OGOHLANTIRISH: Ovqatlantirish uchun butilka va
bolalar ozuqalari uchun bankalarning ichidagilarni
aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini
olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini
tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni
mikroto'lqinli pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular
hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham
mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har
qanday taom qoldiqlarini olib tashlash lozim.
ME83K_ME83_ME83A_DE68-04285A-01_UZ.indd 4 2014-06-02 �� 1:48:08

Содержание