Samsung FG87SUG [124/160] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung FG87SUG [124/160] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Jihoz ichidan idishlarni olayotganda aylanuvchi patnisni siljitib yubormaslik uchun
ehtiyot bo‘lish lozim.
Jihozni bug‘ yordamida tozalagich bilan tozalamaslik lozim.
Mikroto'lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport vositalariga o'rnatish
uchun mo'ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin
emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan
foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar
bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda
va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu qurilma bilan
o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan
nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Ushub moslama o'rnatilgandan so'ng elektr manbaidan ajratilishga ruxsat berilishi
kerak. Vilkaga qo‘l yetkizish mumkin bo‘lgan yoki ulash qoidalariga asoslangan
holda statsionar prokladkadagi elektr zanjirini uzgichni qo‘shish orqali uzilishga
erishsa bo‘ladi.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish
uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar
tomonidan almashtirilishi kerak.
Bu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan tarzda to'g'ri
yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv qo'yilgan holda
ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Agar ishlaganda bu pech g'alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol
elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH: Qurilmadan birgalikdagi rejimda ishlatilganda hosil
qilinadigan harorat tufayli bolalar pechdan faqat kattalarning nazorati ostida
foydalanishlari kerak.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish elementlariga tegib
ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan qismlar issiq
bo'ladi. Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak.
Mikroto'lqinli pechning shishali eshigini tozalash uchun abraziv materiallar yoki
o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnashi,
natijada oyna darz ketishi mumkin.
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini oldini olish
uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.
Qizib ketmasligi uchun jihoz dekorativ eshik ortida o‘rnatilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar foydalanish
vaqtida issiq bo'ladi.
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 4 2018-08-23  4:06:05

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения