Samsung FG87SUG [155/160] Maxsus maslahatlar

Samsung FG87SUG [155/160] Maxsus maslahatlar
O'zbek 35
Taom tayyorlash bo’yicha qo’llanma
Yangi mahsulotlar
Porsiya Quvvat
1 tomon uchun sarf. vaqt (daq.) 2 tomon uchun sarf. vaqt (daq.)
Pishirilgan
olmalar
1 ta olma
(taxm. 200 g)
300 Vt + Gril 4-4½ -
2 ta olma
(taxm. 400 g)
300 Vt + Gril 6-7 -
Korsatmalar
Olma ichini o’yib oling va mayiz va shinni bilan to’ldiring. Tepasidan bir nechta bodom
donalarini joylashtiring. Olmani issiqqa chidamli shisha idishga soling. Tarelkani aylanuvchi
patnisga joylashtiring.
Maxsus maslahatlar
SARIYOG’NI ERITISH
50 g sariyog’ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Yog‘ erigunicha 800 Vt
quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH
100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 daqiqa
qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Oshxona qo’lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKARLANGAN ASALNI ERITISH
Shakar bosilgan 20 g asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30
soniya qizdiring.
JELATIN ERITISH
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Suvni to'kib tashlang va jelatinni issiqqa chidamli
kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PIROGLAR UCHUN)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv bilan aralashtiring. Issiqqa chidamli
shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha 800 Vt quvvatdan foydalanib,
3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH
600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli kosaga joylashtiring.
Konservalash uchun 300 g shakar qoshing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda
10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo’ljallangan
kichkina bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog’ini pastga qilgan holda qo’ying.
PUDING TAYYORLASH
Puding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan holda
qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni
yopgan holda 800 Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta
yaxshilab aralashtiring.
BODOMNI QIZARTIRISH
30 g kesilgan bodomni o’rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan
4,5 daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring.
Oshxona qo’lqopdan foydalangan holda oling!
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 35 2018-08-23  4:06:11

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения