Samsung FG87SUG [148/160] Mikroto lqinli pech uchun oshxona idishlari

Samsung FG87SUG [148/160] Mikroto lqinli pech uchun oshxona idishlari
28 O'zbek
Taom tayyorlash bo’yicha qo’llanma
Taom tayyorlash bo’yicha qo’llanma
Мikroto’lqinlar
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo’lgan suv, yog’ va shakarga tortilgan va singgan holda deyarli taomning
ichiga kiradi.
Mikroto’lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Ushbu molekulalarning tez tebranishlari
sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa taomni tayyorlash jarayonini boshlaydi.
Taom tayyorlash
Mikroto’lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo’lishini ta’minlash uchun mikroto’lqinlarga o’zlari
orqali o’tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan po’lat, alyuminiy va mis kabi metallardan
qaytadi, biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa hamda qogoz va yog’ochlardan o’ta oladilar. Shuning uchun
taom tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto’lqinli pechda tayyorlash mumkin bo’lgan mahsulotlar:
Mikroto’lqinli pechda mahsulotlarning juda ko’p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki muzlatilgan sabzavotlar,
mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va go’sht kabilarni tayyorlash mumkin.
Mikroto’lqinli pechda yana souslar, qaynatilgan kremlar, sho’rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham
tayyorlash mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda
tayyorlash mumkin. Masalan, yog yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo’yish juda muhim, chunki bug’lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o’z
hissasini qo’shuvchi bug’ga aylanadi.
Taomni yopib qo’yishning turli usullaridan foydalanish mumkin: masalan, sopol tarelka, plastmassa qopqoq yoki mos
yopishqoq plyonkadan foydalanish mumkin.
Ushlab turish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo’yicha haroratning tenglashishi uchun biroz
kutish juda muhimdir.
Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo’yicha qo’llanma
Qopqoqli issiqlikka chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda jadvalda
ko’rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring.
Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta aralashtiring. Tayyorlash
tugaganidan keyin tuz, ziravorlar va saryog' qo'shing. Ushlab turish vaqtida ustini yoping.
Taom Porsiya Quvvat Vaqt
(daq.)
Ushlab turish
vaqti (daq.)
Korsatmalar
Ismaloq 150 g 600 Vt 4½-5½ 2-3 15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv
qo’shing.
Brokkoli 300 g 600 Vt 9-10 2-3 30 ml (2 qoshiq) sovuq suv
qo’shing.
No’xat 300 g 600 Vt 7½-8½ 2-3 15 ml (1 qoshiq) sovuq suv
qo’shing.
Ko’k loviya 300 g 600 Vt 8-9 2-3 30 ml (2 qoshiq) sovuq suv
qo’shing.
Sabzavotlar
aralashmasi (sabzi/
no’xat/makkajo’xori)
300 g 600 Vt 7½-8½ 2-3 15 ml (1 qoshiq) sovuq suv
qo’shing.
Sabzavotlar
aralashmasi
(xitoycha uslubda)
300 g 600 Vt 8-9 2-3 15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv
qo’shing.
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 28 2018-08-23  4:06:10

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения