Samsung FG87SUG [142/160] Mikroto lqinli pechdan foydalanish

Samsung FG87SUG [142/160] Mikroto lqinli pechdan foydalanish
Mikroto‘lqinli pechdan foydalanish
22 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechdan foydalanish
4. BAYRAM TAOMLARI
Kod Taom Porsiya miqdori Ingredientlar
4-1 Qiymali qalampir 480-500 g
(2 dona)
(1) Bulg‘or qalampiri – 2 dona (80 g/dona), qiyma (mol va
cho'chqa go'shti) – 150-190 g (ikkiga bo'ling),
oddiy qaynatilgan gurunch – 10-20 g, tuz – 5 g; yanchilgan
murch– 0,5 g, mol go'shtli sho'rva yoki suvda aralashtirilgan
sho'rva kubiki – 200 ml
(2) Sous uchun masalliqlar: Un - 5 g; tomat pasta - 10 g,
suv - 50 ml
< Tavsiyalar >
Go'sht qiymasiga gurunchni qo'shing. Ziravorlar qo'shing va qo'lda aralashtiring. Qalampirning o'rtasini va
urug'larini olib tashlang. Qalampirni go'sht bilan to'ldiring. Uni chuqur tarelkaga soling va sho'rvani qo'shing
(1). Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha ingredientlarni tayyorlang (2). Pech tovushli signal berganda,
aralashmani go'shtli qalampirli sho'rvaga soling. Aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
4-2 Baliqli rasstegay 75 g (1 dona) (1) Muzlatilgan qatlama xamir (2 ta kvadrat) – kvadratning
¼ bo‘lagi
(2) Masalliq: Mayda kubikchalarga tog’ralgan sudak biqin
goshti – 25 g, kubikchalarga to’g’ralgan shampinonlar –
6 g, oddiy qaynatilgan guruch – 4 g, tuxum sarig’i – ¼ dona
yog’lash uchun
< Tavsiyalar >
Xamirni muzdan tushiring. Xamirning kerakli bo'lagini kesib oling (1). Sous uchun barcha ingredientlarni
aralashtiring (2). Masalliqni xamirning o'rtasiga qo'ying. Mahsulotni qayiq shakliga keltiring. Tuxum sarig'ini
surkang. Tarelkaga qo'ying. Tarelkani gril panjarasiga qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal
berganda, mahsulotni tarelkadan oling va yog' o'tkazmaydigan qog'ozga qo'ying. Mahsulotni yog'
o'tkazmaydigan qog'oz bilan birgalikda gril panjarasiga qo'ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
4-3 Qovurilgan pishloq 125 g (5 dona) Pishloq– 125 g (4-5 dona, 25 g/dona), tuxum– 0,5 dona,
bulash uchun suxari uni– 3-5 g
< Tavsiyalar >
Pishloqni 5 sm x 5 sm o‘lchamdagi kvadrat shaklida kesing. Tuxum sarig‘iga botirib olib, ustiga suxari uni
seping. Grilni 5 daqiqa davomida qiziting. Pishloqni yog' o'tkazmaydigan qog'ozga qo'ying. Keying uni gril
panjarasiga qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
Kod Taom Porsiya miqdori Ingredientlar
4-4 Tovuqdan
tayyorlangan kabob
280 g Tovuq son filesi - 380 g, tomat pasta - 20 g, tuz - 5 g,
mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz - 3 g, yog' - 7 g,
qo'shimchalarsiz yogurt - 70 g, sixlar
< Tavsiyalar >
Fileni 3 x 3 sм kubik shaklida to‘g‘rang. Butun masalliqni marinad uchun aralashtiring. Marinadni tovuq
filesi bilan aralashtiring. Keyin fileni sixlarga sanching. Ularni tarelkaga va keyin gril panjarasiga qo'ying.
Tayyorlashni boshlang.
4-5 Boyarcha go'sht 260 g Cho’chqa go'shti (bo’yin qismi) - 280 g (4 ta bo’lak), tuz - 2 g,
yanchilgan qora murch - 0,5 g, to'rg'algan shampinonlar -
45 g, mayonez - 55 g
< Tavsiyalar >
Go'shtni ziravorlang. Go'shtni tarelkaga qo'ying. Tarelkani gril panjarasiga qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
Pech tovushli signal berganda, go'shtning ustiga shampin'onlarni qo'ying va mayonez surkang. Tayyorlash
jarayonini davom ettiring.
4-6 Syomgali kulebyaka 180 g Muzlatilgan qatlama xamir - 130 g
Masalliq: Mayda kubik shaklida kesilgan semga filesi - 100 g,
tuz - 1 g, qovurilgan piyoz kubiklari - 20 g, qaynatilib mayda
to'g'ralgan tuxum - 30 g, mahsulotga surkash uchun tuxum
sarig'i - 1 dona.
< Tavsiyalar >
Xamirni muzdan tushiring. Uni 2 mm qalinlikkacha yoying. Masalliq uchun barcha ingredientlarni
aralashtiring. Masalliqni xamirning o'rtasiga qo'ying. Xamir yonlarinig yopishtiring. Unga shakl bering. Bir
necha kesish amalga oshiring. Tuxum sarig'ini surkang. Grilni 5 daqiqa davomida qiziting. Shakl berilgan
xamirni yog' o'tkazmaydigan qog'ozga qo'ying. Keying uni gril panjarasiga qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
Pech tovushli signal berganida, yog' o'tkazmaydigan qog'ozni olib tashlang. Pishiriqni aylantiring.
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 22 2018-08-23  4:06:09

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения