Samsung FG87SUG [125/160] Umumiy xavfsizlik

Samsung FG87SUG [125/160] Umumiy xavfsizlik
O'zbek 5
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy nazorat ostida bo'lmasalar,
pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
DIQQAT: Pishirish jarayonini kuzatib turish lozim. Qisqa muddatli pishirish
jarayonini uzluksiz kuzatish lozim.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi mumkin.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan yuzalarning harorati baland
bo'lishi mumkin.
Ishlayotganida sirtlari qizib ketishi mumkin.
Bu qurilmalar tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti yordamida ishlatish
uchun mo'ljallanmagan.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda
va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu qurilma bilan
o'ynamasliklari kerak. Agar bolalar 8 yoshdan katta va nazorat ostida bo'lmasalar,
ular qurilmani tozalashi va unga texnik xizmat ko'rsatishi mumkin emas.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning qo'llari
yetmaydigan tarzda saqlang.
Umumiy xavfsizlik
Har qanday o‘zgartirish yoki tamirlashni malakali mutaxassis amalga oshirishi kerak.
Germetik konteynerdagi ovqat yoki suyuqlikni mikroto‘lqin funksiyasida isitmang.
Pechni tozalash uchun benzol, suyultirgich, spirt, bug‘ yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Pechni bunday joylarga o‘rnatmang: issiqlik manbalari yoki yonuvchan materiallar yaqinida, nam, yog‘li, chang yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta’siri ostidagi joylar; gaz sizib chiqishi mumkin bo‘lgan joylar;
notekis sirt.
Pechni mahalliy va davlat qoidalariga muvofiq yerga to‘g‘ri ulash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylaridan yot jismlarni ketkazish uchun muntazam ravishda quruq
latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa (propan, siqilgan gaz va hokazo), darhol xonani shamollating. Elektr shnuriga tegmang.
Elektr shnuriga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
Pech ishlab turganida uning elektr manbaiga ulash vilkasini sug‘urib olmang.
Barmog‘ingizni yoki yot jismlarni tiqmang. Pechga yot jismlar kirib qolsa, tokdan sug‘uring va mahalliy Samsung
xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Pechga nisbatan kuch ishlatmang yoki tasir o‘tkazmang.
Pechni nozik buyumlar ustiga qo‘ymang.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil
qiling.
Vilkani rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkali adapter, uzaytirgich yoki transformatorlardan foydalanmang.
Elektr shnurini metal buyumlarga ilib qo‘ymang. Shnur buyumlarning orasidan yoki pechning orqasidan o‘tsin.
Shikastlangan vilka, elektr shnuri yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki shnur shikastlangan bo‘lsa,
mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyum qo‘ymang.
Pech ustiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsid sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Spirt bug‘lari pechning qaynoq qismlariga tegishi mumkin, shu
sababli tarkibida spirt bo‘lgan taom yoki ichimliklarni isitayotganda ehtiyot bo‘ling.
Bolalar pech eshigiga urilib ketishi yoki barmog‘ini qisib olishi mumkin. Eshigini ochib-yopayotganda bolalarni
yaqinlashtirmang.
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 5 2018-08-23  4:06:05

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения