Samsung FG87SUG [151/160] Bolalar taomlari va sutni isitish

Samsung FG87SUG [151/160] Bolalar taomlari va sutni isitish
O'zbek 31
Taom tayyorlash bo’yicha qo’llanma
Bolalar taomlari va sutni isitish
Jadvalda ko’rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo’llanma sifatida foydalaning.
Taom Porsiya Quvvat Vaqt Ushlab turish vaqti (daq.)
Bolalar taomi
(sabzavotlar
+ go‘sht)
190 g 600 Vt 30 son. 2-3
Korsatmalar
Chuqur sopol idishga soling. Yopiq qopqoq bilan isiting. Isitgandan keyin aralashtiring. 2-3 daqiqa
kuting. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring va taom haroratini puxta tekshiring.
Bolalar bo
tqasi (yorma +
sut + mevalar)
190 g 600 Vt 20 son. 2-3
Korsatmalar
Chuqur sopol idishga soling. Yopiq qopqoq bilan isiting. Isitgandan keyin aralashtiring. 2-3 daqiqa
kuting. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring va taom haroratini puxta tekshiring.
Bolalar suti 100 ml 300 Vt 30–40 son. 2-3
200 ml 300 Vt 50 son. - 1 daq. 2-3
Korsatmalar
Yaxshilab silkiting yoki aralashtiring va sterillangan shisha butilkaga quying. Butilkani aylanuvchi
patnisning markaziga qo'ying. Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang. Yaxshilab silkiting va kamida 3
daqiqaga qo‘yib qo‘ying. Bolaga berishdan avval butilkani yaxshilab silkiting va haroratini puxta
tekshiring.
Suyuqliklar va taomlarni isitish
Jadvalda ko’rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo’llanma sifatida foydalaning.
Taom Porsiya Quvvat Vaqt (daq.) Ushlab turish vaqti (daq.)
Ichimliklar
(qahva, choy
va suv)
150 ml (1 piyola) 800 Vt 1-1½ 1-2
250 ml (1 stakan) 800 Vt 1½-2 1-2
Korsatmalar
Idishga quying va usti ochiq holda isiting. Chashka/krujkani aylanuvchi patnis o'rtasiga qo'ying.
Kutish vaqtida mikroto’lqinli pechda qoldiring va yaxshilab aralashtiring.
Taom Porsiya Quvvat Vaqt (daq.) Ushlab turish vaqti (daq.)
Sho‘rva
(sovitilgan)
250 g 800 Vt 3-3½ 2-3
Korsatmalar
Sho'rvani chuqur sopol idishga quying. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin
yaxshilab aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
Konservalangan
go‘sht
(sovitilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½ 2-3
Korsatmalar
Raguni chuqur keramik tarelkaga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-
vaqti bilan aralashtirib turing va dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring.
Sousli makaron
mahsulotlari
(sovitilgan)
350 g 600 Vt 4½-5½ 3
Korsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) kichik sopol idishga soling.
Mikroto’lqinli pech uchun mo’ljallangan plyonka bilan yoping. Dasturxonga tortishdan avval
aralashtiring.
Masalliqli
va sousli un
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6 3
Korsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, tortellini) chuqur sopol idishga soling. Plastmassa
qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va dasturxonga
tortishdan avval yana aralashtiring.
Tayyor taom
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½ 3
Korsatmalar
2-3 ta sovitilgan masalliqdan qilingan taomni sopol idishga soling. Mikroto’lqinli pech uchun
mo’ljallangan plyonka bilan o‘rang.
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 31 2018-08-23  4:06:10

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения