Samsung FG87SUG [129/160] Shkaf oldi

Samsung FG87SUG [129/160] Shkaf oldi
O'zbek 9
O‘rnatish
Shablon
SHKAF OLDI
Shkafning “B” tomoni
Mikroto'lqinli pechni o'rnatish bo'yicha ko'rsatmalar
Ushbu qurilma Yevropa Ittifoqining me'yoriy talablariga javob beradi.
O'rama materiallarini va qurilmani chiqitga chiqarish.
Ushbu qurilmaning o'rama materiallarini qayta ishlatish mumkin.
Quyidagilarni qaytadan ishlatish mumkin:
karton;
polietilen plyonka (PE);
freonsiz penopolistirol (polistirolli penoplast).
Ushbu materiallarni mas'uliyatli hamda hukumat me'yorlariga mos bo'lgan ravishda chiqitga chiqaring.
Hukumat organlari sizni ishdan chiqarib tashlangan qurilmalarni mas'uliyatli ravishda chiqitga chiqarish haqidagi
axborot bilan ta'minlay oladilar.
Xavfsizlik
Ushbu qurilma faqat malakali texnik tomonidan o'rnatilishi kerak.
Mikroto'lqinli pech xonadonlarda ishlatilish uchun mo'ljallangan.
U faqat ovqat pishirish uchun ishlatilishi kerak.
Qurilma ishlatilayotgan paytida va ishlatilganidan so'ng issiq bo'lib turadi.
Yosh bolalar qurilmaga yaqinlashishi ehtimoli bor bo'lsa, buni nazarda tuting.
Oddiy pech yonida o'rnatish.
Mikroto‘lqinli pech oddiy pech yoniga o‘rnatiladigan bo‘lsa, ortiqcha qizib ketishining oldini olish maqsadida ular
orasida yetarlicha bo‘sh joy qoldirish kerak, chunki sirtqi panel haddan tashqari qizib ketishi mumkin. O‘z-o‘zidan
ayonki, o‘rnatish vaqtida oddiy pech ishlab chiqaruvchisining yo‘riqlariga qat’iy rioya qilish muhim ahamiyatga
ega.
Shkaf ichiga qo‘yiladigan mikroto‘lqinli pechni oddiy pech ustiga o‘rnatmaslik kerak, aks holda oddiy pechdan
chiqayotgan issiq havo mikroto‘lqinli pechning sovitish tizimiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin.
Elektrga ulanish
Qurilma ulanadigan uy elektr tarmog'i milliy va mahalliy talablarga javob berishi lozim.
Doimiy ulanish yaratgingiz kelsa, elektr ta'minot liniyasida kontaktlari orasida 3 millimetrli zazor bor bo'lgan ko'p
qutbli viklyuchatel o'rnatishingiz shart.
FG87SUG_BW_DE68-04371B-00_RU+UK+KK+UZ.indb 9 2018-08-23  4:06:06

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения