Samsung DF60R8600CG [107/200] Xavfsizlik yoʻriqnomalari haqida bilish lozim

Samsung DF60R8600CG [107/200] Xavfsizlik yoʻriqnomalari haqida bilish lozim
O'zbek 3
Xavfsizlik ma’lumoti
Yangi Samsung jihozini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Bu qo‘llanmada jihozni o‘rnatish, undan foydalanish va tegishli
tarzda saqlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Jihozning ko‘pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to‘liq darajada
foydalanish uchun ushbu qo‘llanmani o‘qib chiqing.
Xavfsizlik yoʻriqnomalari haqida bilish lozim
Yangi jihozning ko‘pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni bilishingiz uchun ushbu
qo‘llanmani diqqat bulan o‘qib chiqing. Keyinchalik foydalanish uchun qo‘llanmani jihozga yaqin bo‘lgan xavfsiz joyda saqlang.
Bu jihozdan faqat ushbu qo‘llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning. Bu qo‘llanmadagi Ogohlantirishlar va
Muhim xavfsizlik ko‘rsatmalari yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hamma shartlar va vaziyatlarni ham qamrab olmaydi. Jihozni
o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanishda foydalanuvchi sog‘lom fikr bilan ish ko‘rishi, e’tiborli va ehtiyotkor
bo‘lishi kerak. Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar turli modellarga taalluqli bo‘lganligi uchun jihoz
xususiyatlari qo‘llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham sizning
jihozingizga tegishli bo‘lmasligi mumkin. Agar savol yoki muammo bo‘lsa, yaqinroqdagi xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat
qiling yoki www.samsung.com saytidan ma’lumot oling.
Muhim xavfsizlik belgilari
Ushbu foydalanuvchi qo‘llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma’nolarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat, o‘lim va/yoki mulkka ziyon yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka ziyon yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar va ehtiyotsizliklar.
OGOHLANTIRISH; Sirti qaynoq
QAYD
Jarohat olish yoki moddiy zarar yetishi xatarini ko‘rsatadi.
Siz va boshqalar jarohat olmasligi uchun shu ogohlantirish belgilari qo‘yiladi.
Ularga rioya qiling.
Bu qo‘llanmani o‘qib chiqqach, keyinchalik foydalanish uchun ishonchli joyga olib qo‘ying.
Jihozdan foydalanishdan oldin barcha ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing.
Bu jihoz elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Jihoz bilan xavfsiz tarzda
ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.
Xavfsizlik ma’lumoti
Untitled-8 3 2019-11-14 PM 5:11:46

Содержание

Похожие устройства