Samsung DF60R8600CG [146/200] Nosozliklarni bartaraf qilish

Samsung DF60R8600CG [146/200] Nosozliklarni bartaraf qilish
Nosozliklarni bartaraf qilish
O'zbek42
Nosozliklarni bartaraf qilish
Tekshiruv nuqtasi
Muammo Yechim
Jihoz yonmayapti.
Jihozni yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
Quvvat shnuri to‘g‘ri tiqilganiga amin bo‘ling.
Avtomatik uzgich yoniqligiga ishonch hosil qiling.
Elektr shnuri shu jihozga mos nominalli rozetkaga suqilganiga ishonch hosil qiling.
Jihoz ishlamayapti.
Eshik yopiqligiga ishonch hosil qiling, keyin Boshlash/Pauza tugmasini bosing.
Agar suv oqishi yoki qaynashi eshitilsa, jihoz bug‘lantirish jarayoniga tayyorlanayotgan
bo‘ladi. Bu normal holatdir.
Bolalardan himoya qulfi o‘chiqligiga amin bo‘ling.
Suvdan boshqa suyuqlik quygan bo‘lsangiz, jihoz ishlamasligi mumkin. Samsung
xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmadan tovush
chiqyapti.
Kompressor ishlaganida jihozdan tovush chiqishi mumkin. Bu normal holatdir.
Havo aylanganida jihozdan tovush chiqishi mumkin. Bu normal holatdir.
Bug‘lantirish jarayonidan oldin va jarayon davomida jihozdan tovush chiqishi mumkin.
Bu normal holatdir.
Jihoz suvni chiqarib tashlayotganida tovush chiqarishi mumkin. Bu normal holatdir.
Eshikni ochganda, naycha orqali suv o‘tayotganida To'ldirish baki tovush chiqarishi
mumkin. Bu normal holatdir.
Agar shovqin baland bo‘lsa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Boshqaruv paneli
ishlamayapti.
Jihozni tokka ulagach, biroz kutib turib, keyin qayta urining. Elektr shnuri ulanganidan
10 soniya o‘tgach, boshqaruv paneli ishga tushadi.
Boshqaruv panelini tozalab, qayta urining. Muammo hal bo‘lmasa, Samsung xizmat
ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihoz tebranmoqda.
Jihoz barqaror, tekis joyda o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling.
Jihoz tekis turganiga ishonch hosil qiling.
Bir marta ishlatgandan keyin
To'ldirish baki bo‘shab qoldi.
Ilk marta ishlatilganida suvni ko‘proq sarflaydi. Bu normal holatdir.
Eshikdan bug‘ yoki havo
chiqmoqda.
Eshikda buyum qisilib qolmaganiga ishonch hosil qiling.
Eshik to‘g‘ri yopilganiga ishonch hosil qiling.
Ishlash vaqti uzayib
ketmoqda.
Ho‘l buyumlarni quritishga uzoq vaqt ketishi mumkin. Buyumlarning miqdori va
namligiga qarab, ishlash vaqti uzayishi mumkin.
Sikldan keyin buyumlar
qurimagan.
Qil filtri tozaligiga va to‘g‘ri kiritilganiga amin bo‘ling.
Eshik zichlagichi shikastlanmagani yoki eshikka buyum qisilib qolmaganiga amin
bo‘ling. Agar eshik zichlagichi shikastlangan bo‘lsa, tokdan sug‘uring va Samsung
xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Untitled-8 42 2019-11-14 PM 5:11:57

Содержание

Похожие устройства