Samsung DF60R8600CG [144/200] Tozalash va qarov

Samsung DF60R8600CG [144/200] Tozalash va qarov
Tozalash va qarov
O'zbek40
Tozalash va qarov
Qasmoqni olib tashlash
Jihozning ishlashini yaxshilash va xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun muntazam ravishda qasmoqni tozalab turing. Agar
xabar olgan zahoti qasmoqni tozalamasangiz, ayrim funksiyalar cheklanishi, jihozning samarasi pasayishi va hatto xizmat qilish
muddati qisqarishi mumkin.
1. Displeyda Descaling Required (Qasmoqni olib tashlash kerak) xabari chiqsa, hamma narsalarni chiqarib tashlab, Гигиена
(Dezinfeksiya) va Сушка (Quritish) tugmalarini 3 soniya bosib turing.
2. To'ldirish va Oqava baklarini bo‘shating.
3. Ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganidek, qasmoqni tozalash moddasini suvda eriting.
4. To'ldirish bakini eritilgan qasmoqni tozalash moddasi bilan MAX chizig‘igacha to‘ldiring.
5. Tozalashni boshlash uchun Boshlash/Pauza tugmasini bosib turing.
- Agar tozalash paytida displeyda Слейте воду (Suvni bo‘shating) xabari chiqsa, Oqava bakini bo‘shating.
6. Displeyda Добавьте/Слейте воду (Bakni to‘ldiring/bo‘shating) xabari chiqqach, To'ldirish va Oqava baklarini bo‘shatib,
yaxshilab chayib tashlang.
7. To'ldirish bakini toza suv bilan MAX chizig‘igacha to‘ldiring, keyin To'ldirish va Oqava baklarini o‘rnating.
8. Displeyda Проверено наличие воды (To'ldirish/Oqava tugallandi) xabari chiqqach, Boshlash/Pauza tugmasini bosib
turing.
- Agar tozalash paytida displeyda Слейте воду (Suvni bo‘shating) xabari chiqsa, Oqava bakini bo‘shating.
9. Qasmoqni olib tashlash tugallangach, Oqava bakini bo‘shating va To'ldirish bakini to‘ldiring.
- Barcha bosqichlarni tugatgach, AIRDRESSERni ishlatish mumkin.
QAYD
Qasmoqni tozalash paytida tebranishi va shovqin chiqishi mumkin; bu normal holatdir, jihozda muammo yo'q.
Qasmoqni tozalagandan keyin jihozni birinchi marta ishlatganda Залейте воду (Suv quying) xabari chiqishi mumkin. Bu
normal holatdir. To'ldirish bakini suv bilan to‘ldirib, davom etish uchun Boshlash/Pauza tugmasini bosing.
Agar qasmoqni tozalash vositasi yaxshilab chayib tashlanmasa, pufaklar paydo bo‘lishi mumkin. Qasmoqni tozalagandan
keyin To'ldirish va Oqava baklarini yaxshilab chayib tashlang.
Jihozni boshqa joyga ko‘chirish
Oson ko‘chirish uchun jihoz tagida ikkita g‘ildirak bor.
Ko‘chirayotganda ag‘darilib ketmasligi uchun jihozni o‘rtasidan itaring. Tepasidan yoki pastidan itarmang.
Jihozni boshqa joyga ko‘chirishdan oldin To'ldirish va Oqava baklarini bo‘shating. Agar baklar bo‘shatilmasa,
ko‘chirilayotganida suv to‘kilishi mumkin.
Untitled-8 40 2019-11-14 PM 5:11:57

Содержание

Похожие устройства