Samsung DF60R8600CG [109/200] Umumiy ogohlantirishlar

Samsung DF60R8600CG [109/200] Umumiy ogohlantirishlar
O'zbek 5
Xavfsizlik ma’lumoti
Umumiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Tok urishi, yong‘in va/yoki o‘limning oldini olish uchun jihozni ishlatishdan avval shu qo‘llanmada tavsiflanganidek
o‘rnatilgan va yerga ulanganiga amin bo‘ling.
Jihozdan faqat belgilangan maqsadda foydalaning. Jihozni bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan maqsadlardan boshqa maqsadda
ishlatishdan kelib chiqqan zararni kafolat qoplamaydi.
Jarohat olmaslik va/yoki jihozga ziyon yetmasligi uchun ustiga chiqmang, ustida turmang yoki osilmang.
Jihozni qismlarga ajratmang yoki o‘zgartirmang.
Bolalar jihoz ichida, ustida yoki atrofida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. Bolalarni doimiy nazorat ostida tutish zarur.
Yong‘in, jarohat va/yoki o‘limning oldini olish uchun barcha o‘rama materiallarini bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda
saqlang va tegishli ravishda yechib olib, chiqitga chiqaring.
Jihozga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang yoki ishlatmang.
Tok urishi va/yoki yong‘inning oldini olish uchun hayvonlar yoki yot jismlarni jihoz ichiga solmang.
Agar jihozdan g‘alati shovqin, hid va/yoki tutun chiqsa, darhol elektr manbaidan uzing.
Jihoz ichiga, ustiga yoki atrofiga og‘ir yoki xavfli buyumlarni qo‘ymang.
Tok urishi, yong‘in va/yoki o‘limning oldini olish uchun foydalanuvchi qo‘llanmasida yoki chop etilgan ta’mirlash
yo‘riqnomasida tavsiya etilmagan bo‘lsa, qolaversa, bunga malakangiz yetmasa, jihozning hech qaysi qismini tuzatmang
yoki almashtirmang yoki servis ko‘rsatishga harakat qilmang.
Yong‘in va/yoki portlashning oldini olish uchun benzin, kimyoviy tozalash eritgichi, iste’mol moyi yoki boshqa yonuvchan
yoki portlovchan moddalar bilan tozalangan, yuvilgan, ivitilgan yoki dog‘ tushgan buyumlarni quritmang.
Agar bolalar nazorat ostida bo‘lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu jihozdan foydalanish
to‘g‘risida avvaldan ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Jihozni chiqitga chiqarishdan oldin quritish bo‘lmasining eshigini olib tashlang va elektr vilkasini qirqib tashlang, shu orqali
qayta ishlatishning oldini olasiz.
Jihozning rozetkasiga tegmang yoki qismlarga ajratmang. Gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa, xonani shamollating va darhol
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Shisha panelga shikast yetmasligi uchun old tomonni muhofaza qilish kerak.
Jarohat olmaslik va/yoki jihozga ziyon yetmasligi uchun bak eshiklarining ustiga chiqmang.
Jihoz tagiga qo‘l, oyoq, boshqa tana a’zolari yoki metall buyumlarni tiqmang.
Ichkarini quritish uchun boshqa jihozlarni ishlatmang. Ichkaridagi hidni yo‘qotish uchun sham ishlatmang.
Jihoz ishlab turganida eshigini ochmang. Jihoz ishlab turganida eshigi ochilsa, uning samarasi pasayib, kondensat polga
ziyon yetkazishi mumkin.
To'ldirish yoki Oqava baklaridagi suvni ichmang.
Har yuklashdan oldin yoki keyin qil filtrini tozalang.
Mato yumshatgich yoki boshqa moddalarning ishlab chiqaruvchisi tavsiya qilmagan bo‘lsa, ulardan statik tokni ketkazishda
foydalanmang.
Barmoqlarni qisib qoladigan joylardan uzoqroq tuting. Atrofda bolalar bo‘lsa, eshikni ehtiyot bo‘lib yoping.
Bu jihoz bilan tarkibida porolon yoki rezinali jismlar mavjud buyumlarni quritmang.
Untitled-8 5 2019-11-14 PM 5:11:46

Содержание

Похожие устройства