Samsung DF60R8600CG [110/200] Elektrga oid ogohlantirishlar

Samsung DF60R8600CG [110/200] Elektrga oid ogohlantirishlar
Xavfsizlik ma’lumoti
O'zbek6
Xavfsizlik ma’lumoti
Jihozga ziyon yetishi, ortiqcha shovqin yoki yong‘inning oldini olish uchun bug‘ uchligiga hech narsa tiqmang.
Ishlayotganida bug‘ uchligi yaqiniga qo‘lingiz yoki badaningizni olib kelmang. Qaynoq bug‘ kuydirishi mumkin.
Ishlayotgan paytida eshigini ochmang. Yuqori ichki harorat kuydirishi mumkin.
Agar bug‘lantirish paytida muammo yuz bersa, darhol to‘xtating va undan hamma narsani olib tashlang. Agar narsalar
darhol olib tashlanmasa, ular namlanib, matosiga shikast yetishi yoki hidlanishi mumkin.
Kiyimlarni jihoz ichiga solishdan oldin barcha cho‘ntaklarini bo‘shating.
Tarkibida ftorli issiqxona gazlari mavjud.
Qurilma germetik jihatdan zich yopilgan.
Atmosferaga gaz chiqarmang.
- Sovitish moddasi (turi): R-134a (GWP = 1430)
- Sovitish moddasi (quyish): 0,15 kg, 0,214 tCO
2
e
Elektrga oid ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Chang va suv kabi yot moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam
ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr vilkasini sug‘urib oling va quruq latta bilan arting.
Tok urish xatarining oldini olish uchun jihozni qismlarga ajratish yoki ta’mirlashdan oldin doim tokdan sug‘uring.
Vilkani rozetkadan sug‘urishda shnuridan tortmang. Sug‘urish uchun vilkani to‘g‘riga torting.
Tok urishining oldini olish uchun uzaytirgichdan foydalanmang.
Shikastlangan elektr shnuri yoki vilkasini ishlatmang. Elektr shnuri yoki vilkasini ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki
o‘zgartirishga urinmang. Ta’mirlash uchun yaqinroqdagi Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
Vilkani mahalliy elektr normativlariga mos keladigan rozetkaga tiqing. Bu qurilma uchun alohida rozetka ajrating,
uzaytirgichdan foydalanmang.
Jihozni surayotganda elektr shnuri doim himoyalangan bo‘lishi kerak.
Tok urishi, jiddiy jarohat olish, jihozga ziyon yetishi va/yoki o‘limning oldini olish uchun jihozni tegishlicha yerga ulangan
rozetkaga suqish kerak. Devordagi rozetka va zanjirni malakali elektrik tekshirishi kerak.
Bu jihoz yerga ulaydigan o‘tkazgich hamda yerga ulash vilkasi bilan jihozlanishi shart. Vilka tiqiladigan rozetka tegishli
tarzda o‘rnatilgan hamda barcha mahalliy qoidalarga asosan yerga ulangan bo‘lishi lozim.
Jihoz yerga ulanishi shart. Jihoz to‘g‘ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam
qarshilikli yo‘l bilan ta’minlagan holda elektr toki urishi xavfini kamaytiradi.
Ishlatishdan oldin shu jihoz uchun alohida, yerga ulangan rozetka borligiga amin bo‘ling. Standart 2 tishli rozetkani
standart 3 tishli rozetkaga almashtirishga jihoz egasi mas’uldir.
Tok urmasligi uchun jihozni amaldagi qonun-qoidalarga ko‘ra yerga ulang. Foydalanuvchi qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga
amal qiling.
Jihoz alohida elektr rozetkasiga ulanishi va undagi quvvat kuchlanishi pasportda yozilganiga mos kelishi kerak. Bu yuqori
samaradorlikni ta’minlaydi hamda uydagi elektr quvvat zanjirlarining ortiqcha yuklanishi oldini oladi. Yuklanish o‘z o‘rnida
simlarning qizib ketishiga va yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Untitled-8 6 2019-11-14 PM 5:11:46

Содержание

Похожие устройства