Samsung DV90T5240AT [122/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar

Samsung DV90T5240AT [122/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar
O‘zbek
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
O‘zbek
10
Kirlar yuvish mashinasida aylantirilganidan keyingina quritishga soling.
Kir quritgichda yuvilmagan narsalarni quritmang.
Kondensat suvni ichmang.
Barcha buyumlar tez olinmas va issiqlikning tarqalishi uchun yoyilmas ekan, hech qachon kir quritgichni quritish sikli
tugashidan avval to'xtatmang.
Gazolin, kerosin, benzin, suyultirgich, spirt kabi yonuvchi moddalar bilan ifloslangan kirlarni quritmang.
• Bu tok urishi, yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Uy hayvonlari mashinani tishlamasin yoki o‘ynamasin.
• Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Mashinani chiqitga chiqarishdan oldin uning eshigini va elektr shnurini ajratib tashlang.
• Aks holda elektr shnuriga shikast yetishi yoki tan jarohati olish mumkin.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan tegmang.
• Bu tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Gaz (tabiiy gaz, propan, siqilgan gaz) sizib chiqish holatlari yuz berganda mashinaga yoki elektr kabeliga tegmagan
holda darhol xonani shamollating.
• Bu paytda xonani shamollatish uchun ventilyatorni ishga tushirmang.
• Uchqun chiqishi portlash yoki yong‘inga olib kelishi mumkin.
Yo‘riqnomalarda aniq-tiniq ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, mashinaning biror qismini ta’mirlamang, almashtirmang yoki
texnik xizmat ko‘rsatishga urinmang. Bu mashinaga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli malakaga ega bo‘lishingiz kerak.
Qurilmani o'zingizcha ta'mirlash, qismlarga ajratish yoki o'zgartirishga urinmang.
• Standart saqlagichlardan tashqari, boshqa hech qanday saqlagichlardan (masalan, mis, po'lat sim va hokazolardan)
foydalanmang.
• Jihozni ta’mirlash yoki qayta o‘rnatish zarur bo‘lsa, yaqinroqdagi xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar
yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Siz xarid qilgan jihoz faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Mahsulotdan tijoriy maqsadlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bunday hollarda, mashinaga nisbatan
Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki
shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.
Agar mashina g‘alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr vilkasidan sug‘uring va xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
• Aks holda tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Bolalar (yoki uy hayvonlari) mashina ichida yoki ustida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. Mashina eshigini ichkaridan ochish
juda qiyin va agar bolalar mashina ichida berkilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-00 (LP)_UZ.indd 10 2020/12/1 9:15:33

Содержание