Samsung DV90T5240AT [124/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar

Samsung DV90T5240AT [124/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar
O‘zbek
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
O‘zbek
12
Tozalash oid muhim ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Mashinani suv sepish yo'li bilan tozalamang.
Mashinani tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.
• Bu ranglarning o'chishi, shakli buzilishi, shikast, tok urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Mashinani tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval, uni devordagi rozetkadan ajrating.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Quritgichdan foydalanishdan oldin va keyin filtr qopqog‘ini tozalang.
Mashina ichini muntazam ravishda tozalab turish uchun malakali muhandisga murojaat qiling.
Issiqlik almashgichni oyda bir marta yumshoq cho‘tka yoki changyutkich bilan tozalang, issiqlik almashgichga qo‘l
tekkizmang. Aks holda jarohat yetishi mumkin.
Quritgichning ichki qismi muntazam ravishda malakali mutaxassis tomonidan tozalab turilishi kerak.
Muzlashni oldini olish uchun choralar
• Quritish mashinasini harorat Selsiy bo‘yicha nol darajadan pastga tushmaydigan joyga o‘rnating.
• Agar suvni chiqarib tashlash bevosita uzun oqava shlangi yordamida amalga oshiriladigan bo‘lsa, shlang ichida
qolgan suv qishda muzlashi mumkin. Jihoz ishlatilgandan keyin shlang ichida suv qolmaganligiga ishonch hosil
qiling.
• Agar drenaj shlangi muzlagan bo‘lsa, muzni eritish uchun shlangni taxminan o‘n daqiqa davomida issiq suvga
botirib olingan sochiq bilan o‘rab qo‘ying.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-00 (LP)_UZ.indd 12 2020/12/1 9:15:33

Содержание