Samsung DV90T5240AT [128/168] O rnatish

Samsung DV90T5240AT [128/168] O rnatish
O‘zbek
O‘rnatish
O‘zbek
16
O'rnatish bo'yicha talablar
IZOH
Bu quritgich malakali mutaxassis tomonidan o‘rnatilishi shart. Agar bo‘sh yoki nosoz o‘rnatilgani tufayli
texnik xizmat ko‘rsatish kerak bo‘lsa, bunga egasi javobgar bo‘ladi va kafolatni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Bu ko‘rsatmalarni kelajakda foydalanish uchun saqlab qo‘ying.
OGOHLANTIRISH
• Quritgichni o‘rnatish yakunlanmasidan turib rozetkaga ulamang.
• Quritgichni siljitish uchun kamida ikki kishi yordamlashishi kerak.
• Bolalar yoki uy hayvonlari quritgich ichida, ustida yoki atrofida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. Doimiy
nazorat ostida tutish zarur.
• Barcha o‘rama materiallarini bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
• Shikastlangan elektr shnuri yoki vilkasini o‘zingiz almashtirmang. Shikastlangan elektr shnuri yoki
vilkasini Samsung mutaxassisi yoki malakali texnik almashtirsin.
• Quritgichni ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o‘zgartirishga urinmang. Ta’mirlash uchun yaqinroqdagi
Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
• Chiqitga chiqarillgan jihozlarning eshik/qopqoqlarini olib tashlang, bolalar bo‘g‘ilib qolmasin.
• Agar quritgich g‘alati shovqin chiqarsa, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol vilkani rozetkadan
sug‘uring va yaqinroqdagi Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
• Quritgich ishlab turganida vilkani sug‘urmang.
• Quritgich yaqiniga yonuvchan jismlarni qo‘ymang.
Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo‘lgan talablar
• Quritgich tegishli tarzda yerga ulanishi kerak. Quritgich to‘g‘ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan
hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo‘l bilan ta’minlab, tok urishi xavfini
kamaytiradi. Quritgichning elektr shnuri 3 tishli yerga ulanadigan vilkaga ega. Vilka tiqiladigan
rozetka tegishli tarzda o‘rnatilgan hamda barcha mahalliy qoidalarga asosan yerga ulangan bo‘lishi
lozim.
• Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo‘lgan talablarga oid savol tug‘ilsa, Samsung yoki malakali
elektrikka murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH
• 3 tishli yerga ulangan rozetkaga suqing.
• Shikastlangan vilka, shnur yoki bo‘shab qolgan yoki shikastlangan rozetkadan foydalanmang.
• Adapter yoki uzaytirgich shnurdan foydalanmang.
• Yerga ulash simining noto‘g‘ri ulanishi tok urishiga olib kelishi mumkin. Quritgich tegishli tarzda
yerga ulanganiga amin bo‘lmasangiz, malakali elektrikka murojaat qiling.
• Elektr vilkasi, shnuri yoki rozetka hech qanday usulda o‘zgartirmang.
• Yerga ulash simini plastik vodoprovod liniyalari, gaz liniyalari yoki issiq suv quvuriga ulamang.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-00 (LP)_UZ.indd 16 2020/12/1 9:15:34

Содержание