Samsung DV90T5240AT [162/168] Nosozliklarni bartaraf qilish

Samsung DV90T5240AT [162/168] Nosozliklarni bartaraf qilish
O‘zbek
Nosozliklarni bartaraf qilish
O‘zbek
50
Muammo Chora
Quritgichdan hid keladi.
• Bo‘yoq, lak, tozalovchi vositalar va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarining
hidi havoda tarqalib, quritgichga kirishi mumkin. Agar siz bunday hidni
sezsangiz, quritgichni ishlatishdan oldin uni to‘liq shamollating.
• Agar quritgich yopiq joyda bo‘lsa, quritgich atrof-muhit haroratining
ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, derazani ochib, atrofni
ventilyatsiya qiling.
• Nam narsalarni uzoq vaqt kir yuvish mashinasida yoki quritgichda
qoldirgandan keyin quritishga urinmang.
Buyumlar qurimasidan
turib quritgich o‘chmoqda.
• Kam yuklama solingan. Sochiq kabi bir nechta qo‘shimcha buyumlarni
tashlang va qaytadan quritib ko‘ring.
Kiyimlarda tuk va qillar
paydo bo‘lyapti.
• Quritgichga narsalarni solishdan oldin doim qil filtri toza ekanligiga
ishonch hosil qiling. Ko‘p miqdordagi qil hosil qiladigan narsalarni
quritganda, sikl o‘rtasida qil filtrini
tozalash
kerak bo‘lishi mumkin.
• Ba’zi matolarda (masalan, oq sochiqlar) ko‘proq qillar paydo bo‘ladi va
ularni qillar osongina yopishib qoladigan matolardan (masalan, qora
zig‘ir tolali shimlar) alohida quritish kerak.
• Quritishdan oldin chontaklarning bo‘m-bo‘shligini tekshirib ko‘ring.
Quritgich atrofidagi
harorat ko‘tariladi yoki
nam, ho‘l hid paydo
bo‘ladi.
• Issiqlik nasosli quritgichlar tizimni sovutish uchun quritish jarayonida
atrofdagi havoni quritgich ichida va tashqarisida aylantiradi.
Quritgichni havo yaxshi aylanmaydigan joyda ishlatish, jihoz
ishlaydigan muhitiga qarab, atrofdagi namlik darajasini ko‘tarishi
va / yoki nam va ho‘llik hidini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Quritgichdan foydalanganda tegishlicha havo aylanishini ta’minlang.
Suv oqovaga chiqarib
tashlanmayapti.
• Oqava shlangi buralib va bukilib qolmaganligini tekshiring.
Shlangi buralib qolgan yoki bukilgan bo‘lsa, uni tekislang va uni yerdagi
oqava tizimiga mahkam ulang.
• Oqava shlangi muzlamaganligini tekshiring.
Agar shlang muzlagan bo‘lsa, uni iliq suvga soling, shlang ichidagi suv
erishi va chiqib ketishi uchun. Shlangni qayta ulang va oqava to‘g‘ri
ekanligini tekshiring.
Agar muammo hal qilinmasa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-00 (LP)_UZ.indd 50 2020/12/1 9:15:45

Содержание