Samsung DW60M5050BB серебристая [175/0] Chayish vositasini ishlatish

Samsung DW60M5050BB серебристая [175/0] Chayish vositasini ishlatish
Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish _19
02
YUVISH VOSITASI VA SUVNI YUMSHATKICH ISHLATISH
CHAYISH VOSITASINI ISHLATISH
Chayish vositasi rezervuarini to‘ldirish
Boshqaruv panelida Chayish vositasi solish indikatori yonsa, chayish vositasini soling.
Mashinangiz faqat suyuq chayish vositasidan foydalanishga mo‘ljallangan.
Kukunli chayish vositasi ishlatilsa, rezervuar tuynugi yopilib qolib, mashina noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi
mumkin.
Chayish vositasi mashinaning quritish funksiyasini yaxshilaydi.
DIQQAT: Chayish vositasi rezervuariga oddiy yuvish vositasini solmang.
1. Chayish vositasi rezervuari qopqog‘ini ochish uchun tutqichini
tepaga ko‘taring.
Tabletkali vositalarga chayish vositasi qo‘shilsa, quritish funksiyasi
yaxshilanadi.
2. Chayish vositasi rezervuarini chayish vositasi bilan to‘ldiring.
Chayish vositasi rezervuarini to‘ldirishda tuynukchaga qarang.
DIQQAT: Rezervuarni maksimal darajadan oshirib yubormang.
Yuvish sikli davomida ortiqcha chayish vositasi toshib ketishi
mumkin.
3. Qopqog‘ini yopishni unutmang.
CHAYISH VOSITASI MIQDORINI ROSTLASH
Chayish vositasi miqdorini quyidagi ketma-ketlikda rostlash mumkin. Qancha yuqori raqam qo‘yilsa, shuncha yaxshi
quritiladi.
1. Mashinani yoqing.
2. Mashinani yoqqandan keyin 60 soniya ichida Tezkor (ichki o‘rnatiladigan model) yoki Dastur (avtonom turuvchi
model) tugmasini besh soniya bosib turing. (Yumshatkichni qo‘yish rejimi bilan bir xil)
3. Chayish vositasi sozlamasi rejimiga kirish uchun Boshlanishda pauza tugmasini bosing.
4. LCD ekranda joriy chayish miqdori ko‘rsatiladi. (d1~d5 orasida)
5. Kerakli chayish vositasi miqdorini tanlash uchun Tezkor (ichki o‘rnatiladigan model) yoki Dastur (avtonom turuvchi
model) tugmasini bosing. Sozlama quyidagi ketma-ketlikda o‘zgaradi; d1 d2 d3 d4 d5 d1. (Odatiy
darajasi d4.)
6. Chayish vositasi miqdorini tanlang va sozlashni tugallash uchun 5 soniya kuting.
DW5500MM_DD81-02615G-02_UZ.indd 19DW5500MM_DD81-02615G-02_UZ.indd 19 2019-08-30  6:15:502019-08-30  6:15:50

Содержание

Похожие устройства

Скачать