Samsung DW60M5050BB серебристая [183/0] Yuvish dasturlari

Samsung DW60M5050BB [183/208] Yuvish dasturlari
Yuvish dasturlari _27
04 YUVISH DASTURLARI
Yuvish dasturlari
JIHOZNI YOQISH
Yuvish siklini boshlash
1. Pastki va yuqori savatlarni chiqarib olib, idishlarni yuklang va joyiga qaytarib qo‘ying.
Avval pastki savatni, keyin yuqoridagisini yuklash tavsiya etiladi (“Mashina tokchalarini yuklash” bo‘limiga qarang).
2. Yuvish vositasini quying (“Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish” bo‘limiga qarang).
3. Mashinani tokka ulang. Elektr ta’minoti 220-240 V~ / 50 Gs, rozetka tasnifi: 10A 250 VAC. Suv krani tegishli bosim
bilan yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
4. Eshikni yopib, mashinani yoqish uchun POWER (QUVVAT) tugmasini bosing.
Eshik to‘liq yopilganida, shiq etgan tovush chiqadi. Yuvish tugallangach, POWER (QUVVAT) tugmasi yordamida
o‘chirish mumkin.
DASTURNI O‘ZGARTIRISH
Ma’nosi:
1. Bajarilayotgan siklni o‘zgartirish uchun u endigina ishni boshlab, qisqa vaqt o‘tgan bo‘lishi kerak. Aks holda, yuvish
vositasi qo‘shilgan bo‘ladi va mashina yuvilgan suvni chiqarib tashlagan bo‘lishi mumkin. Bu holda yuvish vositasi
taqsimlagichini yana to‘ldirish kerak (“Yuvish vositasi taqsimlagichini to‘ldirish” bo‘limiga qarang).
2. Dasturni bekor qilish uchun POWER (QUVVAT) tugmasini yoki START (BOSHLASH) tugmasini 3 soniya bosib
turing, yana yoqing, keyin dasturni kerakli sikl sozlamasiga o‘zgartirish mumkin.
Yuvish sikli paytida eshikni ochsangiz, mashina to‘xtab turadi. Eshikni yopmaguningizcha dastur chirog‘i o‘chib-
yonib, har daqiqada signal chiqarilib turadi. Eshikni yopsangiz, 3 soniyadan keyin mashina avtomatik ravishda
ishlashda davom etadi.
Agar sizdagi modelda xotira funksiyasi buzilgan bo‘lsa, elektr uzilganidan keyin mashina tanlangan dasturni
tugatish uchun ishni davom ettiradi.
Idish qo‘shish
Yuvish vositasi taqsimlagichi ochilishidan oldin istalgan vaqtda unutib qoldirilgan idishni qo‘shish mumkin.
1. Yuvishni to‘xtatish uchun eshikni ozgina oching.
2. Sepkichlar ishni to‘xtatgach, eshikni lang ochishingiz mumkin.
3. Unutib qoldirilgan iidishlarni qo‘shing.
4. Eshikni yoping, mashina o‘n soniyadan so‘ng ishlaydi.
OGOHLANTIRISH: Yuvish paytida eshikni ochish xavfli, chunki qaynoq suvdan kuyib qolishingiz
mumkin. Mashina ishlayotgan paytda eshik ochilsa, xavfsizlik mexanizmi ishga tushib, siklni to‘xtatadi.
DW5500MM_DD81-02615G-02_UZ.indd 27DW5500MM_DD81-02615G-02_UZ.indd 27 2019-08-30  6:16:092019-08-30  6:16:09

Содержание

Похожие устройства

Скачать