Samsung dw 50h4030bb — idish yuvish mashinasini o'rnatish bo'yicha qo'llanma [181/224]

Samsung dw 50h4030bb [181/224] Idish yuvish mashinasini o rnatish
Idish yuvish mashinasini o'rnatish _13
02 O'RNATISH
Idish yuvish mashinasini o'rnatish
OGOHLANTIRISH: Tok urishi xavfi bor
Mashinani o'rnatishdan avval elektr tokidan uzib qo'ying.
Ushbu talabga amal qilmaslik o'lim yoki tok urishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT: Quvurlar va elektr anjomlar malakali mutaxassislar tomonidan o'rnatilishi lozim.
Elektr ulanishlari haqida
DIQQAT, xavfsizligingiz uchun:
USHBU JIHOZ BILAN UZAYTIRGICH KABELI YOKI O'TKAZGICH ISHLATMANG.
HECH QACHON ELEKTR KABELIDAGI YERGA ULASH TISHINI QIRQMANG YOKI OLIB TASHLAMANG.
Elektrga oid talablar
220 - 240 V / 50 Gs kuchlanishli saqlagich yoki avtomatik uzgich.
Mashina uchun tok manbaidan alohida kabel torting.
Yerga ulash yo'l-yo'riqlari
Ishlatishdan avval yerga tegishli tarzda ulanganligiga amin bo'ling
Bu qurilma yerga ulanishi shart. Mashina to'g'ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr
toki uchun eng kam qarshilikli yo'l bilan ta'minlagan holda elektr toki urishi xavfini kamaytiradi. Bu jihoz bilan
birga yerga ulaydigan o'tkazgich hamda yerga ulash tiqini ham ta'minlangan. Bu tiqin tiqiladigan rozetka
tegishli tarzda o'rnatilgan hamda barcha mahalliy qoidalarga asosan yerga ulangan bo'lishi lozim.
OGOHLANTIRISH: Mashinaning yerga ulaydigan o'tkazgichini noto'g'ri ulash oqibatida tok urishi xavfi
yuzaga kelishi mumkin. Mashinani yerga ulashning to'g'ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo'lmasa,
maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha mutaxassisga murojaat qiling.
Mashina bilan birga kelgan vilkani o'zgartirmang.
SUV QUYISH VA OQAVA
Sovuq suv ulanishi
Sovuq suvni quyish shlangini rezbali 3/4 (dyuymli) ulamaga ulang va joyiga
mustahkam qotirilganiga ishonch hosil qiling.
Suv quvurlari yangi bo'lsa yoki ancha vaqtdan beri ishlatilmagan bo'lsa, suv chiqarib
ko'ring, suv tiniq bo'lishi kerak. Bundan maqsad, suv quyish shlangining to'silib
qolib, mashinaga shikast yetkazishining oldini olishdir.
Birga kelgan suv shlangi akva-xavfsizlik tizimiga ega. Suv quyish shlangining
akva-xavfsizlik quvuri kranga ulangan bo'lishi kerak.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 13Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 13 2014-07-14  3:37:042014-07-14  3:37:04

Содержание

Idish yuvish mashinasini xavfsiz va to'g'ri o'rnatish bo'yicha batafsil yo'riqnoma. Elektr xavfsizligi, suv ulanishi va yerga ulash qoidalari.

Скачать