Samsung dw 50h4030bb — filtrlarni tozalash va ularning ishlashini yaxshilash bo'yicha qo'llanma [208/224]

Samsung dw 50h4030bb [208/224] Tozalash va qarov
40_ Tozalash va qarov
Tozalash va qarov
FILTRLARNI TOZALASH
Filtrlash tizimi
Sizga qulay bo'lishi uchun, oqava nasosi va filtrlash tizimini bak ichida qo'l yetadigan joyga qo'yganmiz.
Filtrlash tizimida uchta tarkibiy qism bor: asosiy filtr, yirik to'rli filtr va mayda to'rli filtr.
1. Asosiy ltr: Bu fi ltrga ilingan ovqat va kir qoldiqlari pastki sepkichdagi maxsus
purkagich yordamida parchalanib, oqavaga yuvib tushiriladi.
2. Yirik to'rli fi ltr: Oqavaga tiqilib qolishi mumkin bo'lgan kattaroq jismlar, masalan
suyak va shisha qoldiqlari shu fi ltrda ushlanadi. Bu fi ltrga ilingan jismlarni olib
tashlash uchun fi ltr tepasidagi panelni sekin qisib, chiqarib oling.
3. Mayda to'rli fi ltr: Bu fi ltr tindirgichdagi ovqat va kir qoldiqlarini ushlab turib, sikl
vaqtida ular idishlar ustiga qaytadan sepilib ketishining oldini oladi.
2
3
1
DIQQAT: Mayda to'rli filtrni ag'darib qo'ymang.
Filtr agregati
Yuqori samara va natijaga erishish uchun filtr agregati tozalanishi lozim.
Filtr yuvindidan ovqat qoldiqlarini olib tashlaydi, shu taxlitda suvning yana siklda aylanishiga imkon yaratadi.
Shu sababli, har bir yuvish siklidan so'ng filtrda ilingan yirik ovqat qoldiqlarini olib tashlagan ma'qul, buning uchun
yarim doira shaklidagi filtr va chashkani oqar suvda chayish lozim. FIltr agregatini olib tashlash uchun uni soatga
teskari yo'nalishda burab, tepaga tortib oling. To'liq filtr agregati muntazam ravishda yuvib turilishi lozim.
Yirik va mayda to'rli filtrlarni tozalash uchun cho'tkadan foydalaning.
Keyin butun agregatni mashina ichiga solib, pastga bosgan holda soat yo'nalishida burab, joyiga joylashtiring.
Ochish
Mashina hech qachon filtrlarsiz ishlatilmasligi lozim. Filtrni noto'g'ri joylashtirish oqibatida mashinaning samarasi
pasayishi hamda idish va jihozlarga shikast yetishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Filtrlar joyida bo'lmasa, hech qachon mashinani ishga tushirmang.
FIltrlarni tozalayotganda ularga shikast yetkazmang. Aks holda filtrlar kutilganidek ishlamasligi, yuvish natijasi
yomon chiqishi yoki ichki qismlar shikastlanishi mumkin.
Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 40Dishwsher_DW4000H_DD81-01701A_CIS_UZ_140714.indd 40 2014-07-14  3:37:132014-07-14  3:37:13

Содержание

Filtrlarni tozalash jarayoni va ularning samaradorligini oshirish uchun muhim maslahatlar. Oqava nasosi va filtrlash tizimining to'g'ri ishlashi uchun zarur qoidalar.

Скачать