Samsung ce 107 mnr-b [150/176] Achitqili xamir yogurt xususiyatlaridan foydalanish

Samsung ce 107 mnr-b [150/176] Achitqili xamir yogurt xususiyatlaridan foydalanish
O'zbek - 18
ACHITQILI XAMIR/YOGURT XUSUSIYATLARIDAN
FOYDALANISH
5 ta Xamir/Yogurt funksiyalari dasturlashtirilgan tayyorlash vaqtlarini o'z ichiga oladi.
Tayyorlash vaqti yoki quvvat darajasini o'rnatishingiz shart emas.
Siz Xamir/Yogurt tugmasini bosgandan keyin Doiraviy shkalani burash orqali xamir/
yogurt toifasini o'zgartirishingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani
yoping.
1. Ферментация: тесто и йогурт
(Xamir/Yogurt)
tugmasini bosing.
2.
Xamir yoki yogurtni tanlang va Doiraviy shkalani burang.
1) Xamir
2) Yogurt
3. Siz tayyorlayotgan taom turini tanlash uchun Выбор
(Tanlash)tugmasini bosing. Doiraviy shkalani burash orqali
tayyorlamoqchi bo'lgan raqamingizni tanlashingiz kerak.
Dasturlangan sozlamalarning bayonini ko'rish uchun keyingi
sahifadagi jadvalga qarang.
4. СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Aylanuvchi patnis yogurtni tayyorlash paytida ishlamaydi.
Quyidagi jadvalda achitqili xamirni ko'pchirish yoki uy yogurtini tayyorlash uchun
avtomatik dasturdan qanday foydalanish ko'rsatib beriladi.
1. Xamir
Kod/Taom Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
1-1
Pissa xamiri
300-500 g Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka
o'rnating. Alyumin folga bilan yoping.
1-2
Tort xamiri
500-800 g Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka
o'rnating. Alyumin folga bilan yoping.
1-3
Non xamiri
600-900 g Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka
o'rnating. Alyumin folga bilan yoping.
2. Yogurt
Kod/Taom Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
2-1
Kichkina piyolalar
500 g 150 g tabiiy yogurtni 5 ta sopol kosachalar yoki
kichkina shisha bankalarga tekis taqsimlang (har
biri 30 g). Har bir kosachaga 100 ml sut qo'shing.
Uzoq vaqt saqlanuvchi sutdan foydalaning (xona
haroratidagi; yog'liligi 3,5 %). Har birini oziq-ovqatlar
uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping va
aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tugallagandan
keyin 6 soat muzlatgichga qo'ying.
Ilk marta tayyorlaganda quruq yogurt
bakteriyalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.
2-2
Katta miska
500 g 150 g tabiiy yogurtni 500 ml uzoq vaqt saqlanuvchi
sut bilan aralashtiring (xona haroratidagi; yog'liligi
3,5 %). Katta shisha miskaga tekis quying. Oziq-
ovqatlar uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping
va aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tugallagandan
keyin 6 soat muzlatgichga qo'ying.
Ilk marta tayyorlaganda quruq yogurt
bakteriyalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.
CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-00_UZ.indd 18 2014-04-24 �� 5:19:03

Содержание

Похожие устройства

Скачать