Samsung ce 107 mnr-b [151/176] Avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyalaridan foydalanish

Samsung ce 107 mnr-b [151/176] Avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyalaridan foydalanish
O'zbek - 19
04 PECHDAN FOYDALANISH
AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyalari go'sht, parranda go'shti, baliq, non
mahsulotlari, tort va mevani muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat
darajasi avtomatik ravishda o'rnatiladi. Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
Eshiknioching.Tayyorlanayotgansopolidishdagimuzlatilgantaomniaylanuvchipatnisning
markazigaqo'ying.Eshikchaniyoping.
1. Быстрая разморозка (Avtomatik tarzda muzdan
tushirish) tugmasini bosing.
2. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlanayotgan taom
turini tanlang. Avvaldan dasturlashtirilgan turli qizdirish
rejimlarining bayoni keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan.
Shu vaqtda taom turini tanlash uchun Выбор (Tanlash)
tugmasini bosing.
3. Doiraviy shkalani buragan holda porsiya miqdorini tanlang.
4. СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija:
Mahsulotlarning muzdan tushishi boshlanadi.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tganda,
pech mahsulotlarni ag'darish kerakligini
eslatgan holda tovushli signallar beradi.
5. Muzdan tushirish jarayonini yakunlash uchun yana
СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija: Tayyorlashnihoyasigayetishibilanpech
tovushlisignalberadiva"End(Tamom)"4marta
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta
tovushli signal beradi.
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan Avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining
turli dasturlari, mahsulot hajmi va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har
qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak.
Muzlatilgan go'sht, tovuq yoki baliqni yassi shisha yoki sopol idishga, non, tort va mevani esa –
oshxona qog'oziga joylashtiring.
Kod/Taom Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
1
Go'sht
200-1500 g Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli signal
berganida go'shtni aylantiring. Ushbu dastur mol go'shti, qo'y
go'shti, cho'chqa go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht,
qiymani muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.
20-90 daqiqa kuting.
2
Parranda
go'shti
200-1500 g Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan yoping.
Pech tovushli signal berganida parranda go'shtini aylantiring.
Siz tovuqni ham butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida
muzdan tushirishingiz mumkin. 20-90 daqiqa kuting.
3
Baliq
200-1500 g Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping. Pech
tovushli signal berganida baliqni aylantiring. Ushbu dastur
baliqni ham butunligicha, ham baliq filesining bo'laklari
ko'rinishida muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.
20-80 daqiqa kuting.
4
Non/Pirog
125-1000 g
Nonni oshxona qog'ozi bo'lagiga joylashtiring va tovushli signal
bo'lishi bilan ag'daring. Pirogni sopol idishga joylashtiring va
imkoni boricha tovushli signal bo'lishi bilan ag'daring.
(Pech ishlashda davom etadi va eshikcha ochilishi bilan
to'xtaydi).
Bu dastur barcha turdagi kesilgan yoki butun nonlar hamda
bulochkalar va fransuz batonlari uchun mos keladi. Aylana
shaklda joylashtiring. Bu dastur barcha turdagi achitqili
pishiriqlar, biskvitlar, tvorogli pudding, qatlamli xamirdan
qilingan mahsulotlar uchun mos keladi. U yog'li pishiriqlar,
mevali tortlar va kremli tortlar hamda shoko
lad qiyomli tortlar
uchun to'g'ri kelmaydi. 10-60 daqiqa kuting.
5
Meva
100-600 g Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib joylashtiring.
Bu dastur barcha turdagi mevalar uchun mos keladi.
5-20 daqiqa kuting.
CE107MNSTR-BWT_DE68-04260D-00_UZ.indd 19 2014-04-21 �� 6:50:55

Содержание

Похожие устройства

Скачать