Samsung DV90T8240SX/LP [116/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar

Samsung DV90T8240SX/LP [116/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar
O‘zbek
O‘zbek
4
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
Yangi Samsung quritish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo‘llanmada mashinani o‘rnatish,
undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Quritish mashinasining ko‘pgina
afzalliklari va imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanish uchun ushbu qo‘llanmani o‘qib chiqing.
Texnika xavfsizligi ko'rsatmalari to'g'risida muhim ma'lumotlar
Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan
barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Quritish mashinasini ornatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va undan
foydalanishda foydalanuvchi e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishi kerak.
Tushunarsiz muammo yoki vaziyat ro‘y bersa, doim ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Muhim xavfsizlik belgilari
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma'nolarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat olish, o‘lim va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Yong‘in yoki portlash xavfini kamaytirish uchun ushbu asosiy ehtiyot choralariga rioya qiling.
IZOH
Jarohat olish yoki moddiy zarar yetishi xatarini ko'rsatadi.
Yo‘l-yo‘riqlarni o‘qing
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan.
Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.
Ushbu qo'llanmani o'qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirish
uchun uni ishonchli joyda saqlang.
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu
mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda
xavfsizlik choralariga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Yong‘in xavfi bor
Kiyim quritgichni o‘rnatish malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak.
Kiyim quritgichni ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalari va mahalliy qonun-qoidalarga ko‘ra
o‘rnating.
Jiddiy jarohat olish yoki o‘lim xatarini kamaytirish uchun o‘rnatish bo‘yicha barcha ko‘rsatmalarga
amal qiling.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-02 (LP)_UZ_Door closing issue.indd 4 2021/11/30 14:28:07

Содержание

Похожие устройства

Скачать