Samsung DV90T8240SX/LP [119/168] Ogohlantirish agar mashinaning atrofi o ralsa yoki inshootga ichki o rnatilgan bo lsa havo almashish tuynuklari to silib qolmasin

Samsung DV90T8240SX/LP [119/168] Ogohlantirish agar mashinaning atrofi o ralsa yoki inshootga ichki o rnatilgan bo lsa havo almashish tuynuklari to silib qolmasin
O‘zbek
O‘zbek
7
OGOHLANTIRISH: Agar mashinaning atrofi o‘ralsa yoki inshootga ichki ornatilgan bo‘lsa,
havo almashish tuynuklari to‘silib qolmasin.
OGOHLANTIRISH: Sovitish moddasining aylanish sxemasiga shikast yetkazmang.
Ushbu barabandli quritish mashinasida yong‘in xavfini kamaytirish uchun quyidagilarga rioya
qilish kerak
DIQQAT
O‘simlik yog‘i yoki kulinariya yog‘i tekkan yoki ivitilgan kiyimlar yong‘in xavfini keltirib chiqaradi va ularni quritish
mashinasiga solmaslik lozim. Yog‘ tekkan kiyimlar o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin, ayniqsa, quritish mashinasi
kabi issiqlik manbalari ta‘sirida ostida qolganda. Bu kiyimlar issiqlik ta’sirida qolganda, yog‘da oksidlanish reaksiyasi
kelib chiqadi. Oksidlanish issiqlik hosil qiladi. Agar issiqlik chiqib ketmasa, bu kiyimlar yong‘in chiqishi uchun yetarli
bo‘ladigan darajada qiziydi. Yog‘ tekkan narsalar va kiyimlarni uyum qilish, taxlash yoki saqlash issiqlik chiqib ketishiga
yo‘l qo‘ymaydi va bu orqali yong‘in xavfini keltirib chiqaradi. Agar o‘simlik yog‘i yoki oziq-ovqat yog‘i tekkan yoki
sochlarni parvarishlash vositalari bilan ifloslangan matolarni quritgichga solish juda zarur bo‘lsa, ularni avval kir yuvish
vositasi bilan qo‘shimcha ravishda issiq suvda yuvish kerak - bu xavfni kamaytiradi, ammo butunlay yo‘q qilmaydi.
Quritish mashinasining ‘cool down’ (sovutish) sikli solingan kirlarning haroratini pasaytirish uchun ishlatilishi kerak.
Ularni quritish mashinasidan olib tashlamaslik kerak yoki issiq holatda uyum qilib to‘plamaslik yoki taxlamaslik kerak.
Ilgari benzin, quruq holatda tozalash uchun mo‘ljallangan eritmalar yoki boshqa yonuvchan yoki portlovchi moddalar
bilan tozalangan, yuvilgan, ivitilgan yoki dog‘langan narsalarni quritish mashinasiga solmaslik kerak. Maishiy muhitda
ko‘p ishlatiladigan juda tez alanga oladigan moddalarga aseton, denaturatlangan spirt, benzin, kerosin, dog‘larni
ketkazish vositalari (ba‘zi brendlar), turpentin, mumlar va mumlarni ketkazuvchi vositalar kiradi.
Gubkasifat rezina (shuningdek, lateksli ko‘pik rezina deb ham nomlanadi) yoki shunga o‘xshash teksturalangan rezinani
o‘z ichiga olgan narsalar. Bunday materiallarni issiq muhitda quritish mashinasida quritilmasligi kerak. Gubkasifat
rezina materiallar, qizdirilganda, o‘z-o‘zidan yonib yong‘in chiqarishi mumkin.
Statik elektr ta’sirlarini yo‘qotish uchun quritish mashinasida mato yumshatgichlar yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni
ishlatilmaslik kerak, agar ushbu mato yumshatgich yoki mahsulot ishlab chiqaruvchisi shunday qilishga alohida tavsiya
bermagan bo‘lsa.
Metaldan qilingan tayanchlarni o‘z ichiga olgan ichki kiyimlarni quritish mashinasiga solmaslik kerak. Quritish paytida
metal tayanch bo‘shashib qolsa, quritish mashinasiga shikast yetishi mumkin. Agar mavjud bo‘lsa, bunday narsalar
uchun mo‘ljallangan quritish stellajidan foydalanish mumkin.
Dushda cho‘milish uchun kiyiladigan qalpoq yoki kichkintoylarning suv o‘tkazmaydigan tagliklari kabi plastik
buyumlarni quritish mashinasiga solmaslik kerak.
Rezina tayanchli buyumlar, gubkasifat rezina yostiqchalar, yostiqlar bilan to‘ldirilgan kiyimlar, rezina etiklar va rezina
qoplamali tennis poyabzallarini sovutish mashinasiga solmaslik kerak.
Yuvilmagan narsalarni quritish mashinasida quritmang (yoki kir yuvish mashinasining quritish rejimida va hokazolarda
quritmang).
O'simlik yog'i, atseton, spirt, benzin, kerosin, dog' ketkazuvchilar, skipidar, mum va mum ketkazuvchilar kabilar bilan
kirlangan buyumlarni kir quritgichda quritishdan avval qo'shimcha kir yuvish vositasi bilan issiq suvda yuvish lozim.
Porolon (lateks ko'pigi), dush uchun qalpoqlar, suv o'tkazmaydigan matolar, rezina qoplamali buyumlar va porolon
astarlari bilan qoplangan kiyimlar yoki yostiqlar kir quritgichda quritilmasligi kerak.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-02 (LP)_UZ_Door closing issue.indd 7 2021/11/30 14:28:08

Содержание

Похожие устройства

Скачать