Samsung DV90T8240SX/LP [123/168] Foydalanishga oid ogohlantirishlar

Samsung DV90T8240SX/LP [123/168] Foydalanishga oid ogohlantirishlar
O‘zbek
O‘zbek
11
Foydalanishga oid ogohlantirishlar
DIQQAT
Qurilmaning ustiga chiqmang yoki qurilma ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan
sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.
Bu tok urishi, yong'in chiqishi, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan shisha oynaga yoki bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo‘ladi.
Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Quritish paytida jihoz eshigi oynasi qiziydi. Shu sababli eshik oynasiga tegmang.
Shuningdek, bolalarning mashina atrofida o‘ynashi yoki jihoz eshigi oynasiga teginishiga yo‘l qo‘ymang.
Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Sochto'g'nag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Kauchuk (lateks) yoki shunga o‘xshash rezina materialli kirlarni quritmang.
Rezina qiziganida yong‘in chiqarishi mumkin.
O‘simlik yog‘i yoki iste’mol yog‘i bilan ifloslangan kiyimlarni quritmang, chunki yuvilganida moy yaxshi tozalanmaydi.
Bundan tashqari, kiyimlar qizib ketmasligi uchun isitmasdan quritish siklidan foydalaning.
Yog‘ oksidlanishi natijasida kelib chiqqan issiqlik yong‘in chiqishiga olib keladi.
Yog‘, qaymoq, loson yoki terini parvarishlash saloni, massaj saloni, go‘zallik saloni yoki kasalxonada ishlatiladigan
boshqa kimyoviy moddalar kabi yot moddalar bilan ifloslangan kirlarni quritmang.
Bu tok urishi, yong‘in, nosozlik yoki jarohatga olib kelishi mumkin.
Quritilishi kerak bo‘lgan barcha kiyimlarning cho‘ntaklari bo‘sh ekanligiga ishonch hosil qiling.
Tanga, to'g'nag'ich, mix, vint yoki tosh singari qattiq, o'tkir buyumlar mashinaga jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Katta to‘qalari, tugmalari yoki boshqa og‘ir metall buyumlari (sirtma, ilgak va izmalari, tugmalar qoplamasi) mavjud
bo‘lgan kiyimlarni quritmang.
Zarur bo‘lsa, sikl paytida bo‘linib yoki sinib ketishi mumkin bo‘lgan matoli kamar, fartuk bog‘ichi va simli
ko‘krakpechlarni mayda va yengil buyumlar to‘riga soling.
Bu modelda quritgich varaqlarni ishlatish mumkin va yaxshiroq quritish uchun tavsiya etiladi.
Quritgich varaqlari bundan tashqari quritish vaqtida hosil bo‘lgan statik elektrni kamaytirishda ham foydasi tegadi.
Statik elektr tufayli buyumlar yoki jihozning o‘zi ham shikastlanishi ehtimoli bor.
Quritgichni ko‘mir changi, bug‘doy uni va hokazolar kabi xavfli kukunlar yaqinida ishlatmang.
Bu tok urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Yonuvchan moddalarni mashina yaqiniga qo‘ymang.
Natijada mashinadan toksik gazlar chiqishi, qismlariga shikast yetishi, tok urishi, yong‘in chiqishi yoki portlashi
mumkin.
Mashinani qulflanadigan eshik ortiga joylashtirmaslik kerak.
Quritish paytida yoki tugashi bilanoq mashinaning orqa tomoniga tegmang.
Mashina issiq bo‘ladi, kuydirib qo‘yishi mumkin.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-02 (LP)_UZ_Door closing issue.indd 11 2021/11/30 14:28:08

Содержание

Похожие устройства

Скачать