Samsung DV90T8240SX/LP [156/168] Suv bakini bo shatish

Samsung DV90T8240SX/LP [156/168] Suv bakini bo shatish
O‘zbek
O‘zbek
44
Qarov
Suv bakini bo‘shatish
Suv oqishini oldini olish uchun har gal jihozni ishlatganda suv bakini bo‘shating.
A
1. Quritgichdan suv bakini (A) yechib oling.
- Bir qo‘l bilan suv baki tutqichidan ushlab
yarmigacha torting.
- Suv baki yarmigacha chiqqandan so‘ng,
ikkinchi qo‘l bilan bakning pastki qismini
ushlab turing va uni ikki qo‘l bilan sekin
torting.
DIQQAT
Suv baki og‘ir. Ikkala qo‘lingiz bilan bakni bir tekis
ushlab sekin yechib oling.
Liq to‘la suv bakini olishda ehtiyot bo‘ling. Bak
juda og‘ir va agar tushirib yuborsangiz, shikast
yetkazishi mumkin.
B
2. Suvni oqava teshigi (B) orqali bo‘shating va so‘ng
suv bakining ichini tozalang.
- Bir oz neytral yuvish vositasini iliq suvda
aralashtiring. Oqava teshigi (B) orqali suv
bakini aralashma bilan to‘ldiring va uni 30
daqiqaga qoldiring. Keyin, bakni toza suv bilan
chayib tashlang va uni to‘liq quriting.
3. Suv bakini joyiga qo‘ying.
IZOH
Agar quritgichda “Empty the tank” (Bakni bo‘shating) degan xabar paydo bo‘lsa va quritish paytida
to‘xtab qolsa, suv bakini bo‘shating va ni bosib turing. Empty the tank (Bakni bo‘shating) degan xabar
yo‘qoladi va quritgich quritishni davom ettiradi.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-02 (LP)_UZ_Door closing issue.indd 44 2021/11/30 14:28:16

Содержание

Похожие устройства

Скачать