Samsung DV90T8240SX/LP [120/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar

Samsung DV90T8240SX/LP [120/168] Xavfsizlikka oid ma lumotlar
O‘zbek
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
O‘zbek
8
Mato yumshatgichlar yoki shunga o'xshash mahsulotlardan mato yumshatgich ishlab chiqaruvchisi tomonidan
ko'rsatilgan ko'rsatmalarga ko'ra foydalanish lozim.
Buyumlarning ular shikastlanmasligini kafolatlovchi haroratda qoldirilishini ta'minlash uchun kir quritish siklining
so'nggi qismi issiqliksiz (sovutish sikli) bo'lib o'tadi.
Yog‘ tekkan kiyimlar o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin, ayniqsa, quritish mashinasi kabi issiqlik manbalari ta‘sirida
ostida qolganda. Bu kiyimlar issiqlik ta’sirida qolganda, yog‘da oksidlanish reaksiyasi kelib chiqadi. Oksidlanish issiqlik
hosil qiladi. Agar issiqlik chiqib ketmasa, bu kiyimlar yong‘in chiqishi uchun yetarli bo‘ladigan darajada qiziydi. Yog‘
tekkan narsalar va kiyimlarni uyum qilish, taxlash yoki saqlash issiqlik chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va bu orqali
yong‘in xavfini keltirib chiqaradi.
Agar o‘simlik yog‘i yoki oziq-ovqat yog‘i tekkan yoki sochlarni parvarishlash vositalari bilan ifloslangan matolarni
quritgichga solish juda zarur bo‘lsa, ularni avval kir yuvish vositasi bilan qo‘shimcha ravishda issiq suvda yuvish kerak -
bu xavfni kamaytiradi, ammo butunlay yo‘q qilmaydi.
Barcha buyumlar tez olinmas va issiqlikning tarqalishi uchun yoyilmas ekan, hech qachon kir quritgichni quritish sikli
tugashidan avval to'xtatmang.
Cho'ntaklardan o't oldirgichlar va gugurtlar kabi har qanday buyumlarni olib qo'ying.
Agar kirlarni tozalash sanoatda ishlatiladigan kimyoviy moddalardan foydalanilgan bo‘lsa, ularni quritish mashinasida
quritmang (yoki kir yuvish mashinasining quritish rejimida va hokazolarda quritmang).
O'rnatishga oid muhim ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Ushbu qurilmani o'rnatish malakali texnik yoki xizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq
muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Elektr shnurini devor rozetkasiga ulang va bu rozetkadan faqat shu mashina uchun foydalaning. Bundan tashqari,
uzaytirgichdan foydalanmang.
Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda, rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki
yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch
hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin. Elektr tarmog'iga
ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini
muntazam ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Barcha o'rama materiallarini bolalarning qo'li yetmaydigan joylarda saqlang, chunki o'rama materiallari ular uchun
xavfli bo'lishi mumkin.
Agar bola paketni boshiga qo'ysa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina ishonchli tarzda yerga ulangan bo'lishi kerak.
Ushbu mashinani gaz ta'minoti trubasi, plastik vodoprovod trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.
Bu tok urishi, yong'in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-02 (LP)_UZ_Door closing issue.indd 8 2021/11/30 14:28:08

Содержание

Похожие устройства

Скачать