Samsung DV90T8240SX/LP [117/168] Ogohlantirish

Samsung DV90T8240SX/LP [117/168] Ogohlantirish
O‘zbek
O‘zbek
5
Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar
OGOHLANTIRISH
Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun jihozdan
foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
1. Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs
tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan
bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
2. Yevropada foydalanish uchun: Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy,
sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yo'riq yoki ko'rsatma
berilgan taqdirda va uning xavfini tushingan holda foydalanishi mumkin. Bolalar
ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar
tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
3. Bolalar jihoz bilan o‘ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
4. Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun
u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
5. Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va eski shlanglar
to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.
6. Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu
tirqishlarni to'sib qo'ymasligi kerak.
7. Yevropada foydalanish uchun: Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3 yoshdan kichik
bolalarni yaqinlashtirmang.
8. DIQQAT: Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning
oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-Yoqilgan qurilmasi orqali elektr
toki bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda
o'chirib-yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.
9. Agar tozalash uchun sanoatda ishlatiladigan kimyoviy moddalardan foydalanilsa, kir
quritgichdan foydalanilmasligi kerak.
U-PJT_DRYER_SimpleUX_DC68-04169J-02 (LP)_UZ_Door closing issue.indd 5 2021/11/30 14:28:07

Содержание

Похожие устройства

Скачать