Samsung MG23K3575AK/BW [150/192] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung MG23K3575AK [150/192] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
6 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Elektr shnurini metal buyumlarga ilib qo‘ymang. Shnur buyumlarning orasidan yoki pechning orqasidan o‘tsin.
Shikastlangan vilka, elektr shnuri yoki bo‘shab qolgan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki shnur shikastlangan bo‘lsa,
mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyum qo‘ymang.
Pech ustiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsid sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Spirt bug‘lari pechning qaynoq qismlariga tegishi mumkin, shu
sababli tarkibida spirt bo‘lgan taom yoki ichimliklarni isitayotganda ehtiyot bo‘ling.
Bolalar pech eshigiga urilib ketishi yoki barmog‘ini qisib olishi mumkin. Eshigini ochib-yopayotganda bolalarni
yaqinlashtirmang.
Mikroto‘lqinga oid ogohlantirish
Ichimliklarni mikroto‘lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi mumkin, shu sababli idishlarni ushlashda
ehtiyot bo‘lish lozim. Ichimliklarni olishdan oldin kamida 20 soniyaga qo‘yib qo‘ying. Kerak bo‘lsa, isitish paytida
aralashtirib turing. Isitilganidan so‘ng doim aralashtiring.
Kuyib qolganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi amallarni bajaring:
1. Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
2. Unga toza quruq lattani bog'lang.
3. Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.
Patnis yoki ilgak shikastlanmasligi uchun, taom tayyorlagandan so‘ng darhol suvga solmang.
Pechda yog‘ni dog‘lamang, chunki yog‘ haroratini boshqarib bo‘lmay qolishi mumkin. Natijada yog‘ toshib ketishi
mumkin.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan
taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Agar bolalar 8 yoshdan katta va nazorat
ostida bo'lmasalar, ular qurilmani tozalashi va unga texnik xizmat ko'rsatishi
mumkin emas.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning qo'llari
yetmaydigan tarzda saqlang.
Umumiy xavfsizlik
Har qanday o‘zgartirish yoki ta’mirlashni malakali mutaxassis amalga oshirishi kerak.
Germetik konteynerdagi ovqat yoki suyuqlikni mikroto‘lqin funksiyasida isitmang.
Pechni tozalash uchun benzol, suyultirgich, spirt, bug‘ yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Pechni bunday joylarga o‘rnatmang: issiqlik manbalari yoki yonuvchan materiallar yaqinida, nam, yog‘li, chang yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv tasiri ostidagi joylar; gaz sizib chiqishi mumkin bo‘lgan joylar;
notekis sirt.
Pechni mahalliy va davlat qoidalariga muvofiq yerga to‘g‘ri ulash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylaridan yot jismlarni ketkazish uchun muntazam ravishda quruq
latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa (propan, siqilgan gaz va hokazo), darhol xonani shamollating. Elektr shnuriga tegmang.
Elektr shnuriga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
Pech ishlab turganida uning elektr manbaiga ulash vilkasini sug‘urib olmang.
Barmog‘ingizni yoki yot jismlarni tiqmang. Pechga yot jismlar kirib qolsa, tokdan sug‘uring va mahalliy Samsung
xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Pechga nisbatan kuch ishlatmang yoki tasir o‘tkazmang.
Pechni nozik buyumlar ustiga qo‘ymang.
Elektr tarmog‘idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil
qiling.
Vilkani rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkali adapter, uzaytirgich yoki transformatorlardan foydalanmang.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 6 2017-02-01  2:13:54

Содержание

Похожие устройства

Скачать