Samsung MG23K3575AK/BW [168/192] Pechdan foydalanish

Samsung MG23K3575AK/BW [168/192] Pechdan foydalanish
24 O'zbek
Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-23
Krupenik
400-500 g 100 g grechixa yormasi, 100 g uy pishlog‘i, 60 g
smetana, 70 g shakar, 1 ta tuxum, 2 ta biskvit, 100 ml
suv
Ko'rsatmalar
Grechixani kosaga solib, suv quying va mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqa
davomida 600 vatt quvvatda pishiring. Biskvitlarni qo‘lda maydalab
tashlang. Ushoqning yarmini pishirish qolipiga soling. Qaynatilgan
grechixa, tuxum, shakar va uy pishlog‘ini chuqur kosada aralashtiring.
Xamirni qolipga soling, ustidan qolgan ushoqni seping. Mikroto‘lqinli
pechga solib, Start tugmasini bosing. Smetana bilan dasturxonga
torting.
1-24
Tovuqdan
tayyorlangan kabob
200-250 g 250 g tovuq go‘shti, 1 qoshiq mayonez, 1 ta limon,
2 qoshiqcha kunjut, 2 chimdim yanchilgan kinza,
1 dona sarimsoq
Ko'rsatmalar
Tovuq go‘shtini bir tomoni 2 sm bo‘lgan mayda bo‘laklarga bo‘ling.
Marinadni tayyorlash: mayonez, maydalangan sarimsoq, limon
sharbati va etini chuqur kosada aralashtiring.
Go‘shtni marinadga aralashtirib, salqin joyga 1 soatga qo‘yib qo‘ying.
Go‘sht bo‘laklariga yog‘och six tiqib, ustiga kunjut urug‘i seping.
Kabobli tarelkani baland taglikka joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-21
Boyarcha go‘sht
200-250 g 250 g cho‘chqa lahmi, 3 ta shampinon, 2 qoshiq
mayonez, 2 toshcho‘p shoxchasi, tuz, ta’bga ko‘ra
qora murch
Ko'rsatmalar
Shampinonlarni yuvib, quriting va arching, keyin yupqa kesim qilib
to‘g‘rang. Lahmni yuvib, tuz va qalampir bilan ishqalang, keyin
tarelkaga qo‘ying. Toshcho‘p barglarini seping. Go‘sht ustidan
qo‘ziqorin bo‘laklarini qo‘ying. Qo‘ziqorin ustiga mayonez qo‘yib,
qoshiq bilan surting. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing.
1-22
Lososli kulebyaka
450-500 g 230 g losos filesi, 200 g ko‘pchigan xamir, 1 ta piyoz,
2 ta tuxum, 3 ta ko‘kpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir
Ko'rsatmalar
Boshpiyozni archib, mayda kubik shaklida to‘g‘rang. Ko‘kpiyozni
maydalang. 1 ta tuxumni qaynatib olib, maydalang. Baliqni mayda
kubik shaklida to‘g‘rang. To‘g‘ralgan piyoz, baliq va tuxumni kosada
aralashtirib, ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Xamirni muzdan
tushirib, keng to‘rtburchak shaklida yoying. Tayyor masalliqlarni
o‘rtasiga qo‘ying. Xamirning chekkalarini ko‘tarib, masalliqni o‘rang,
keyin pishirilgan paytida seli oqib ketmasligi uchun tugib qo‘ying.
Bu katta somsani chokini pastga qilib qo‘yib, tepasiga qolgan tuxumni
surting. Tarelkaga soling. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng olib, ag‘darib qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana start tugmasini bosing.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 24 2017-02-01  2:13:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать