Samsung MG23K3575AK/BW Руководство по эксплуатации онлайн [167/192] 804577

Samsung MG23K3575AK/BW Руководство по эксплуатации онлайн [167/192] 786466
O'zbek 23
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-15
Kotlet
2 dona 250 g qiyma go‘sht, 100 ml sut, 2 kesim quruq oq
non, 40 g yirik suxari, ta’bga ko‘ra tuz, qora murch
Ko'rsatmalar
Quruq nonni chuqur kosaga solib, sutga botiring, 5-6 daqiqaga
ivitib qo‘ying. Keyin nondan ortiqcha suyuqlikni silqitib oling. Qiyma
go‘shtni ivitilgan nonga aralashtirib, masalliq hosil qiling. Qiyma
go‘shtga ta’bga qarab murcha va tuz qo‘shing. Qiymain yaxshilab
aralashtiring va 2 daqiqacha ezg‘ilang. Ikkita bir xil cho‘zinchoq kotlet
yasang, har birini suxariga bulab, qo‘l bilan suxarini go‘shtga bosing.
Kotletli tarelkani baland taglikka joylashtiring. Mikroto‘lqinli pechga
solib, Start tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa
kuting.
1-16
Pishirilgan kartoshka
2 dona Yirik kartoshka (160 - 200 g) 1-2 dona
Ko'rsatmalar
Archilgan kartoshkalarni sayoz tarelkaga solib, suv qo‘shmasdan,
plastik oziq-ovqat folgasi bilan o‘rang. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan oldin sariyog‘,
smetana, pishloq yoki boshqa ziravorlar qo‘shing.
1-17
Ratatuy
300-350 g 2 ta mayda sabzi, ½ sukkini, 1 ta bulg‘or qalampiri,
1 o‘rtacha piyoz, 1 dona sarimsoq, 2 qoshiq tomat
pyuresi, 150 ml sabzavot bulyoni, 2 chimdim
quritilgan jambil, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni yuvib, arching, keyin tomoni 1 sm.lik mayda kubik
shaklida to‘g‘rang. Bulyonni tomat pyuresi bilan aralashtirib, tuz va
qirg‘ichdan chiqarilgan sarimsoqni qo‘shing. Barcha masalliqlarni
aralashtiring. Sabzavotlarni keramik yoki shisha idishga soling. Ustidan
tomat qaylasini quyib, qopqog‘ini yoping. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Pishganidan so‘ng tayyor Ratatuyga
quruq jambil seping.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-18
Ruscha eski usuldagi
baliq
500-600 g 200 g sudak yoki treska, ½ qandlavlagi, 1 ta piyoz,
½ sabzi, 100 g smetana, 1 qoshiq tomat pastasi,
1 qoshiq un, 180 ml suv, ta’bga ko‘ra tuz, murch
Ko'rsatmalar
Piyoz, sabzi va qandlavlagini yuvib, arching, keyin o‘rtacha o‘lchamdagi
qalamcha qilib to‘g‘rab, aralashtiring. Tayyor sabzavotlarni kosaga
solib, suv qo‘shing, tuz va murch seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng ularni oling.
Baliqni qiltanog‘idan tozalab, mayda bo‘laklarga kesing. Sabzavot
aralashmasi solingan kosaga qayla qo‘shib, ustidan baliqni qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana start tugmasini bosing.
Qaylani tayyorlash: Alohida kosada smetana, tomat pastasi va unni
aralashtirib, ozgina tuz va murch qo‘shing.
1-19
Muzlatilgan pitsa
350 g Muzlatilgan pitsa – 350 g
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan pitsani pergamentli qog‘ozga o‘rab, sayoz taglikka
qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-20
Losos kabobi
300-350 g 300 g losos filesi, ½ limon, 2 qoshiq maydalangan
petrushka, 1 qoshiq tozalangan zaytun moyi, ta’bga
ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Baliqni yirik kubik shaklida kesib, chuqur kosaga soling. Petrushka
va limon sharbati qo‘shing. Ta’bga ko‘ra tuz qo‘shib, aralashtiring va
20 daqiqa davomida marinadlang. Bir nechta baliq bo‘lagiga yog‘och
six tiqib, zaytun moyi surting. Kaboblarni keng tarelkaga soling. Idishni
yuqori taglikka qo'ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Limon qo‘shing.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 23 2017-02-01  2:13:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать