Samsung MG23K3575AK/BW [170/192] Pechdan foydalanish

Samsung MG23K3575AK [170/192] Pechdan foydalanish
26 O'zbek
Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-3
Borsh
900-1000 g 750 ml go‘sht bulyoni, 150 g oqbosh karam,
½ o‘rtacha piyoz, ½ o‘rtacha lavlagi, ½ o‘rtacha sabzi,
2-3 dona sarimsoq, 2 qoshiqcha tomat pastasi,
2-3 qoshiq kubik shaklidagi ko‘kpiyoz, 1 ta dafna
bargi, ta’bga ko‘ra tuz va qalampir, ustiga quyish
uchun smetana
Ko'rsatmalar
Karam, sabzi va piyozni archib, yuving. Yupqa qalamcha qilib to‘g‘rang.
Hammasini katta shisha idishga solib, ustidan qaynab turgan bulyonni
quying. Sho‘rvaga tuz, qalampir, dafna bargi va tomat pastasi
solib, aralashtiring. Qopqoq bilan yoki plastik folga bilan o‘rang.
Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing. Tayyor sho‘rvaga
maydalangan ko‘katlar va sarimsoqni solib, bir necha daqiqaga
qopqog‘ini yopib qo‘ying.
2-4
Tovuqli ugra
700-800 g 1 tovuq filesi, ½ sabzi, ½ piyoz, 40 g pasta,
4 petrushka shoxchasi, 500 ml tovuq bulyoni, ta’bga
ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Tovuq filesini yuvib, quriting va mayda bo‘laklarga bo‘ling.
Tovuqni chuqur idishga solib, ustidan bulyonni quying. Sho‘rvaga
pastani qo‘shib, aralashtiring. Sabzi-piyozni archib, yupqa qilib
to‘g‘rang. Ularni sho‘rvali idishga solib, ustidan tuz va maydalangan
ko‘kat soling. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
2. Sho'rva
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-1
Yormali kasha
250-300 g 40 g suli yormasi, 250 ml sut, 40 g sariyog‘, 2 qoshiq
shakar, 2 ta biskvit, qora qorag‘at yoki xo‘jag‘at
Ko'rsatmalar
Suli yormasini chuqur idishga solib, shakar qo‘shing. Sovuq sut quyib,
aralashtiring. Qopqoq bilan yoping. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Pishayotgan paytida biskvitlarni yirik
bo‘laklarga bo‘ling. Pishganidan so‘ng yormaga sariyog‘ qo‘shing.
Yormaning ustiga biskvit bo‘laklarini qo‘yib, meva bilan bezatgan
holda dasturxonga torting.
2-2
Go'shtli solyanka
500-600 g 150 g dudlangan go‘sht, 1 ta kichkina sosiska, 1 ta
kichkina tuzlangan bodring, 1 ta o‘rtacha piyoz, 50 g
zaytun, 1–1½ qoshiqcha kavar, suvi bilan, 2 qoshiq
tomat pyuresi, 250–300 ml tayyor bulyon
Ko'rsatmalar
Dudlangan go‘shtni yupqa kesimda, sosiskani yupqa halqalar shaklida,
piyozni esa yarim halqa shaklida to‘g‘rang. Bulyonni sopol yoki shisha
idishga solib, ustida tomat pyuresi va to‘g‘ralgan piyozni soling.
Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing. Signal berilganida
chiqarib oling va sosiska bilan dudlangan go‘shtni qo‘shing. Keyin
yupqa qalamchalangan bodring, zaytun, kavarni qo‘shib, hammasini
aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana Start tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 26 2017-02-01  2:13:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать